TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #98 326

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#NASA

🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM!

🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-05-sinf o‘quvchisi Qahramon Choriyev NASA axborot tizimlarida 10 dan ortiq xavfsizlik zaifligini aniqladi hamda Letter of Recognition — rasmiy e’tirof maktubiga sazovor bo‘ldi.

Qahramon ushbu natijaga NASA’ning Vulnerability Disclosure Program (VDP) dasturi doirasida erishdi. U aniqlagan zaifliklar orasida P5, P4, P3 va P2 darajasidagi holatlar mavjud bo‘lib, yuqori darajadagi P2 zaiflik NASA tomonidan tasdiqlanib, bartaraf etildi. NASA qoidalariga ko‘ra, Letter of Recognition P1–P4 darajasida baholangan, tasdiqlangan va bartaraf etilgan zaifliklar uchun beriladi.


🔐 E’tiborlisi, bu maxsus o‘quv laboratoriyasidagi topshiriq emas. Qahramon NASA’ning VDP doirasida tekshirishga ruxsat berilgan real axborot resurslaridagi zaifliklarni mas’uliyatli tarzda aniqlab, ular haqida belgilangan tartibda xabar bergan. NASA mazkur dastur orqali xavfsizlik tadqiqotchilariga belgilangan doirada zaifliklarni aniqlash va xabar qilish imkonini beradi.

🎓 Maktab partasidan — NASA e’tirofigacha. Qahramonning natijasi kiberxavfsizlikka qiziqish, bilim va amaliy ko‘nikmalar maktab davridayoq qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Qahramon Choriyevni ushbu natija bilan tabriklaymiz va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal
  • ❤‍🔥 10
  • 😁 8
  • 👍 5
  • 🎉 3
More from @nodexcc
  1. Oct 16, 2026🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘t…
  2. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  3. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  4. Oct 4, 2026💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da! 29–30-sentabr kunlari klu…
  5. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  6. Sep 5, 2026🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →