TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #101 281
💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da!

29–30-sentabr kunlari klubimiz asoschisi va jamoa sardori Qahramon nufuzli KazHackStan konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan xalqaro CYBERKUMBEZ 2026 musobaqasida o‘z jamoasi bilan munosib ishtirok etdi.

Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston kabi davlatlardan kelgan 40 ga yaqin kuchli va tajribali jamoalar orasida ular Red Team yo‘nalishida 15-o‘rinni egallashdi.

30 soat davomida to‘xtovsiz kechgan ushbu marafonda xalqaro arenadagi debyut bo‘lishiga qaramay, yosh tarkib katta matonat, mustahkam texnik bilim va sobitqadamlik ko‘rsatdi. Ilgari faqat onlayn kuzatilgan nufuzli jamoalar bilan bitta arenada yonma-yon bellashish ulkan tajriba bo‘ldi.

Eng avvalo, jamoaga ishonch bildirgan va xalqaro maydondagi ilk qadamlariga bosh homiy sifatida yelkadosh bo‘lgan ihamkor.uz ga chuqur minnatdorchilik bildiramiz — yosh iqtidorlarga bo‘lgan bunday ishonch va ko‘mak tahsinga loyiq.

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • ❤ 5
  • 😁 2
More from @nodexcc
  1. Oct 16, 2026🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘t…
  2. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  3. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  4. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  5. Sep 19, 2026#NASA 🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM! 🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixt…
  6. Sep 5, 2026🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →