Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇
🥈Klubimizning aʼzosi 10-03 sinf o‘quvchisi Sidikov Hamidulloh International Junior Cybersecurity Olympiad (IJCO) da yuksak mahorat koʻrsatib, kumush medalni qoʻlga kiritdi!
Ushbu ajoyib gʻalaba evaziga vakilimiz nufuzli IJCOGF (International Junior Cybersecurity Olympiad Global Finals) musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Endilikda u xalqaro miqyosdagi global final bosqichida klubimiz va yurtimiz sharafini himoya qiladi!
Eng quvonarlisi, ushbu nufuzli STEAM AHEAD 2026 turniri va global finallari joriy yilning 11–16-dekabr kunlari aynan poytaxtimiz - Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi! Vakilimiz oʻz uyimizda, kuchli raqiblar orasida interaktiv Capture-the-Flag (CTF) formatidagi musobaqada qatnashadi.
Yosh kiberxavfsizlik mutaxassisimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Toshkentda oʻtadigan global finallarda ham unga ulkan zafarlar, oʻtkir zehn va yorqin gʻalabalar yor boʻlishini tilab qolamiz.🔥🔥
🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
Post #105
361

- 👍 1