TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #107 148
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Cipher Arena: Code Breaking Challenge” intellektual musobaqasida klubimiz a’zolari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Joriy yilning 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida kriptografiya va mantiqiy tafakkurni sinovdan o‘tkazuvchi “Cipher Arena: Code Breaking Challenge” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda ishtirokchilar 2 soat davomida turli murakkablikdagi shifrlangan ma’lumotlarni deshifrovka qilish, kriptografik jumboqlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

💻 Teng kurashlar ostida kechgan musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari yuqori natija qayd etib, 3-o‘rinni egallashdi.

O‘quvchilarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularning axborot xavfsizligi va dasturlash sohasidagi kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • ❤ 3
  • 🎉 3
More from @nodexcc
  1. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  2. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  3. Oct 4, 2026💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da! 29–30-sentabr kunlari klu…
  4. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  5. Sep 19, 2026#NASA 🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM! 🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixt…
  6. Sep 5, 2026🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →