TGViewer
Channel Public Channel
Kokand University (rasmiy)

Kokand University (rasmiy)

@kokanduniversity

🏛 Qo‘qon universitetining rasmiy axborot kanali 📚

🏛 Официальный новостной канал Кокандского университета 📚

🏛 Official informational channel of the Kokand University 📚
Subscribers
17.9K
Photos
13.7K
Videos
1.5K
Links
5.5K
Recent Posts 9 shown
Post #17198 2.82K
SPORT haftaligi / “Besh tashabbus olimpiadasi”

🏫 Qo‘qon universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sport haftaligi davom etmoqda.

Sport haftaligi davomida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida yengil atletika, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va “Quvnoq startlar” musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Universitetda sport haftaligi doirasidagi musobaqalar talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.


Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 18
  • 🔥 9
  • 🏆 4
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 1
Post #17197 2.94K
Ilmiy-amaliy konferensiya

🏫 Qo‘qon universitetida “Qo‘qon adabiy muhitida nomoddiy madaniy meros masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tdi.

Universitetimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zeboxon Qobilova Qo'qon adabiy muhiti va konfersensiya haqidagi fikr va mulohazalari bilan bo'lishdi.

Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 13
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 2
Post #17196 3.25K
StudEXPO-2026 — g‘oyalaringizni xalqaro maydonda namoyish eting!

23-oktyabr kuni University of Business and Science’da “StudEXPO-2026: Computer Science and Design” xalqaro talabalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma talabalar loyihalarini keng jamoatchilikka taqdim etish, yoshlarning professional salohiyatini ochish va xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan.

🚀 Ishtirokchilar o‘z loyihalarini quyidagi 5 yo‘nalishda taqdim etishlari mumkin:
— dasturlash, mobil va veb-ilovalar;
— robototexnika, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt;
— 3D modellashtirish va Motion Animation;
— illyustratsiya va grafik dizayn;
— dasturlash olimpiadasi.


Ko‘rgazmada O‘zbekiston hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 15–25 yoshdagi talabalari ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchiga sertifikat topshiriladi, g‘oliblar esa qimmatbaho sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.

📆 23-oktyabr, 2026
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish: 21-oktyabrgacha

👆 studexpo.oshsu.kg
  • 👍 7
  • ❤ 5
  • 🏆 3
Post #17195 3.12K
Ilmiy-amaliy konferensiya

🏫 Qo‘qon universitetida “Qo‘qon adabiy muhitida nomoddiy madaniy meros masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tdi.

Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 16
  • 👍 4
  • 🔥 3
Post #17189 3.48K
IT sohasi / Hamkorlik memorandumi

🏫 Qo‘qon universitetida axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” Farg‘ona hududiy filiali rahbari M. M. Sobirov hamda Mars Solutions korxonasining loyihalar bo‘yicha menejeri N. N. Urazov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida universitet va IT sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talaba-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni istiqbolli loyihalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida talabalarni amaliy IT loyihalariga jalb qilish, dasturiy mahsulotlar yaratish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, amaliyot hamda stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 14
  • 👍 10
  • 🎉 4
Post #17188 3.82K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 23
  • 👍 9
  • 🔥 8
  • 👏 6
  • ❤‍🔥 2
  • 🎉 1
Post #17187 5.05K
📢 1-KURS KUNDUZGI TA’LIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR DIQQATIGA!

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonini talabalar uchun yanada qulaylashtirish maqsadida ariza topshirish bo‘yicha maxsus videoyo‘riqnoma tayyorladik.

📹 Ushbu videoyo‘riqnoma orqali ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari bilan batafsil tanishishingiz hamda arizangizni mustaqil, to‘g‘ri va oson topshirishingiz mumkin.

👉 Videoyo‘riqnomani diqqat bilan tomosha qiling va davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun arizangizni belgilangan muddatda yuboring!

✅ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

✔ Bog‘lanish uchun:

🌐 Instagram 🌐 YouTube
🌐 Web-Site 🌐 Facebook
🌐 Telegram 👥 Group

📲 +(998) 73 545-55-55
📲 +(998) 73 545-44-44
  • ❤ 18
  • 👍 5
  • 🔥 3
Post #17184 7.79K
“NAZM VA NAVO” musiqiy-adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi

🏫 Qo‘qon universitetida o‘zbek tilining jozibasi, so‘z san’atining qudrati hamda Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” musiqiy-adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining o‘zbek tili va milliy adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan bebaho hissasi alohida e’tirof etildi. Mumtoz adabiyotimizning go‘zal namunalari bo‘lgan g‘azal, murabba’ va muxammaslar musiqa va she’riyat uyg‘unligida yangrab, ishtirokchilarga o‘zgacha ma’naviy zavq bag‘ishladi.
Kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhsinbek Mo‘minov tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Qo‘qon universitetining filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi ustoz va talabalari tomonidan o‘qilgan she’riy namunalar esa mumtoz so‘z san’atining betakror jozibasini namoyon etdi.
Musiqa va she’riyat uyg‘unligida o‘tgan mazkur kecha milliy adabiy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida ona tilimiz va mumtoz adabiyotimizga muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratildi.

Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 11
  • 🔥 10
  • 👍 4
  • 😍 3
  • 🥰 2
Post #17174 3.81K
  • ❤ 18
  • 😍 6
  • 👏 4
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @kokanduniversity without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kokand University (rasmiy): recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kokand University (rasmiy) have?
Kokand University (rasmiy) (@kokanduniversity) has 17.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kokand University (rasmiy) know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →