TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3438 2.51K
Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo‘lib, keyin yana safarga ketibdi. Bu safar Birlashgan Arab Amirliklariga. Yana Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadbiriga.

Abi-Dabida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi kongress O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega edi: O‘zbekiston 2031 yilgi kongress mezbonligi uchun o‘z nomzodini qo‘ygan edi. Abu-Dabi anjumanida barcha ishtirokchi davlatlar O‘zbekistonning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Saida Mirziyoyevaning fikricha, bu “O‘zbekistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi yuksak ishonch ramzi”. “Bu — bizning ochiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtira olishimizga bildirilgan ishonchdir”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

U kongress doirasida BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan ham uchrashgan va amalga oshirilayotgan qator qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashgan (ma’lumot uchun, ular iyunda Avstriyada ham uchrashgandi).

Abu-Dabiga qilingan safarning yana bir muhim yangiligi — Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon qabulida ham bo‘libdi.

“A’lo hazratlari bilan Abu-Dabida o‘tgan uchrashuvimiz — men uchun katta sharafdir... Ko‘rsatilgan ehtirom uchun A’lo Hazratlariga minnatdorlik bildiraman”, — debdi Saida Mirziyoyeva.

U BAA prezidentiga O‘zbekiston davlat rahbarining samimiy tilaklarini yetkazibdi, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilibdi, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusida ham fikr almashishibdi.
More from @muhrim
  1. Sep 29, 2026Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib…
  2. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
  3. Sep 27, 2026Fabio Kannavaro bilan yaxshi intervyu bo‘libdi. Yaxshi gapiribdi, yaxshi tushuntiribdi bos…
  4. Sep 27, 2026Bolalarga nisbatan qabih jinoyatlar uchun jazo amaldagi qonunchilik doirasida maksimal dar…
  5. Sep 26, 2026Saida Mirziyoyeva BMT maydonlarida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqas…
  6. Sep 25, 2026Agar “podkastlarda qatnashuvchi” degan kasb bo‘lsa, men hozir amalda shu kasb egasiman 🙂…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →