TGViewer
Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva @sshmirziyoyeva · 79.9K subscribers
Post #4365 110K
BMT Bosh Assambleyasidan so‘ng ishimizni Abu-Dabida — Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda davom ettirdik. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan 5 mingga yaqin vakil ishtirok etmoqda.

​Barchamizdan umumiy yechimni taqozo etayotgan masalalarni: transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, shuningdek, bolalar himoyasi hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash choralarini muhokama qildik.

Kongress doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashganimdan xursand bo‘ldim. Biz BMTning ushbu tuzilmasi bilan faol hamkorlik qilib, qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.

​Mazkur kongress O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Barcha ishtirokchi davlatlar navbatdagi kongressni mamlakatimizda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va bu yakuniy deklaratsiyada o‘z tasdig‘ini topdi. Buni O‘zbekistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi yuksak ishonch ramzi deb bilaman. Bu — bizning ochiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtira olishimizga bildirilgan ishonchdir.

​Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031-yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi.

—

После Генеральной Ассамблеи ООН продолжили работу в Абу-Даби на 15-м Конгрессе по предупреждению преступности и уголовному правосудию. В нём участвуют около 5 тысяч представителей из разных стран.

Обсудили вопросы, требующие сегодня совместных решений: борьбу с транснациональным криминалом, терроризмом, наркоторговлей, коррупцией и экологическими правонарушениями, а также защиту детей и укрепление верховенства закона.

На конгрессе была рада встретиться с заместителем Генерального секретаря ООН, исполнительным директором Управления ООН по наркотикам и преступности Моникой Джумой. Мы активно сотрудничаем с УНП ООН и реализуем совместные проекты.

Для Узбекистана этот конгресс имеет особое значение. Все страны-участники поддержали инициативу Узбекистана провести следующее заседание в нашей стране, что было подтверждено в итоговой декларации. Я воспринимаю это как важный знак международного доверия к Узбекистану. Доверия к нашей открытости, к готовности вести диалог и объединять усилия ради общей цели.
 
Впереди пять лет подготовки.
И в 2031 году республика примет делегатов со всего мира.
More from @sshmirziyoyeva
  1. Oct 5, 2026Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda…
  2. Oct 2, 2026AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyo…
  3. Oct 1, 2026Bugun O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarshi olib, ul…
  4. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 Kun.uz rasmiy kanali
  5. Sep 28, 2026Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongress | Abu-Dabi | sen…
  6. Sep 28, 2026Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Aʼlo Hazratlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →