TGViewer
Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva @sshmirziyoyeva · 80.1K subscribers
Post #4379 146K
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.

Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim.

—

Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета.

На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений.

Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.
More from @sshmirziyoyeva
  1. Oct 2, 2026AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyo…
  2. Oct 1, 2026Bugun O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarshi olib, ul…
  3. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 Kun.uz rasmiy kanali
  4. Sep 28, 2026Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongress | Abu-Dabi | sen…
  5. Sep 28, 2026BMT Bosh Assambleyasidan so‘ng ishimizni Abu-Dabida — Jinoyatchilikning oldini olish va ji…
  6. Sep 28, 2026Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Aʼlo Hazratlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →