TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3280 7.67K
Saida Mirziyoyeva yil boshidan beri BAAga, AQShga, Italiyaga, Buyuk Britaniyaga, Hindistonga borib kelgandi. Kuni kecha Avstriyaga boribdi.

U yerda BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida qatnashib (O‘zbekiston bu tuzilmaga 2026 yilda a’zo bo‘ldi), O‘zbekistonda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza qilibdi. Shu tadbir doirasida BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib tayinlangan Monika Juma bilan uchrashibdi.

Bundan tashqari, Avstriya parlamenti palatalari rahbarlari bilan ham uchrashibdi. Federal kengash raisi Markus Shtotter va Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashilibdi.

Safarning yakuniy qismida Saida Mirziyoyeva Venadagi xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashibdi. “Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi”, – deb yozibdi u ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarida.
More from @muhrim
  1. Sep 29, 2026Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib…
  2. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo…
  3. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
  4. Sep 27, 2026Fabio Kannavaro bilan yaxshi intervyu bo‘libdi. Yaxshi gapiribdi, yaxshi tushuntiribdi bos…
  5. Sep 27, 2026Bolalarga nisbatan qabih jinoyatlar uchun jazo amaldagi qonunchilik doirasida maksimal dar…
  6. Sep 26, 2026Saida Mirziyoyeva BMT maydonlarida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →