TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3443 2.78K
Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib” kelib, BYDga ozgina turtilib, keyin dumalab ketgan, lekin odil sudlarimiz BYD egasini (sudga ham chaqirmay) aybdor qilib, unga pachag‘i chiqib ketgan Li9 uchun salkam 800 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lab berish majburiyatini yuklagan edi.

Odil sudlarimiz o‘shanda BYD egasini aybdorga aylantirish uchun ekspertiza ma’lumotlariga tayangan. O‘sha ekspertiza esa Li9'ning YTH vaqtidagi tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagani haqida, “Li9 mabodo soatiga 60 km/soat tezlikda harakatlansa ham YTHning oldini olishning texnik imkoni yo‘q edi”, degan mazmunda xulosa bergan.

Lekin o‘shanda Li9'ning tezligi soatiga 60 kilometrdan karrasiga tezroq bo‘lganini ekspert bo‘lmagan, umrida ekspertizada ishlamagan odam ham ko‘rib, tushunib, bilib turgandi. Ishqilib, qaytadan, sog‘lom bir ekspertiza o‘tkazib (o‘tkazsa bo‘larkan-da, qarang), Li9'ning tezligi o‘sha YTH bo‘lgan vaqtda soatiga 120 kilometrdan ham yuqori bo‘lganini aniqlashibdi — chunki odil sudlarimiz navbatdagi sudda Li9'ning qoni qaynoq 26 yoshli haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 4-qismi (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topibdi.

Ishqilib, mantiq, sog‘lom fikr va adolat g‘alaba qozonibdi. Lekin boshqa bir savol qolyapti baribir: asl jabrlanuvchini aybdorga aylantirgan avvalgi tomosha qahramonlari hozir qayerda? Bunchalik telba-teskari, chorakta tanqidga ham chidamaydigan qaror chiqargani uchun ularga biror chora ko‘rilganmi? O‘sha sudya hali ham ishlab yuribdimi? O‘sha ekspertlar hali ham ekspertiza o‘tkazyaptimi? Mana shunisi ham aytilsa, yaxshi bo‘lardi.

Shu o‘rinda yana bir fikr. Jonajon O‘zbekistonimizga har turli reyestrlar kerak: korrupsionerlar reyestri (ular qayta davlat ishiga olinmasligi uchun), bog‘cha yo maktabda bolalarga zo‘ravonlik qilganlar reyestri (ular yana ta’lim tashkilotlariga ishga kirib qolmasligi uchun), bolalarga shilqimlik qilganlarning reyestri va telba-teskari qarorlar chiqaradigan sudyalar reyestri — eng kamida, kimningdir ishi shunaqa sudyalarga tushib qolsa, bu sudyani boshqa durustrog‘i bilan almashtirishni so‘rash uchun.
Telegram Kun.uz | Online Toshkent shahrida Li9 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Hodisa 30-sentyabrga o‘tar kechasi poytaxtning Mustaqillik shohko‘chasida yuz bergan. Hozircha mas’ul tashkilotlar hodisa haqida rasmiy ma’lumot taqdim etgani yo‘q. 👉 @kunonline
More from @muhrim
  1. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo…
  2. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
  3. Sep 27, 2026Fabio Kannavaro bilan yaxshi intervyu bo‘libdi. Yaxshi gapiribdi, yaxshi tushuntiribdi bos…
  4. Sep 27, 2026Bolalarga nisbatan qabih jinoyatlar uchun jazo amaldagi qonunchilik doirasida maksimal dar…
  5. Sep 26, 2026Saida Mirziyoyeva BMT maydonlarida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqas…
  6. Sep 25, 2026Agar “podkastlarda qatnashuvchi” degan kasb bo‘lsa, men hozir amalda shu kasb egasiman 🙂…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →