TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3437 3.55K
Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (uzr so‘ragan bo‘lsa ham-da).

O‘zi, birinchidan, sovuq suv bunaqa bir sutkalab o‘chirilganini eslolmayman (ha, Eski O‘zbekiston davrida ham ko‘rmaganman, har qalay, biz yashagan mahallalarda unday bo‘lmagan).

Ikkinchidan, 23-24-sentabr kunlari ham bir o‘chgandi suv, xuddi mana bu rejada yozilganidek. Bugun yana o‘chdi, bu ham rejada yozilgan ekan, lekin shu joyida sal mantiqsizlik bor-da baribir.

Masalan, Yunusobodning 19-mavzesi o‘zi uchta mahallaga bo‘linadi: “Shoshtepa” (bular “Choshtepa” deb yozibdi), “Uvaysiy” va “Yurtobod”. Rejada bu mahallalarda suv 23-24-sentabrda bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.

Endi, bugun, 28-sentabrda ham Yunusobod 19-mavzesida suv bo‘lmaydi, deb ko‘rsatgan. Baraka topkur, boyagi uchta mahalla o‘zi shu 19-mavze-ku :)

O‘tgan safargi suv o‘chishiga shuning uchun ham toqat qilsa bo‘lardiki, unda har qalay issiq suv bor edi, bugundan bizning mahallada issiq suv ham bir haftaga rejali o‘chgan :)

Hay, suv-moshinada suv yuboramiz, deyishyapti-ku. O‘zbekistonda umuman suvsiz joylar bor, odam bir kunlik suvsizlikdan nolishga ham hijolat o‘zi 🙈 Uzr.
More from @muhrim
  1. Sep 27, 2026Fabio Kannavaro bilan yaxshi intervyu bo‘libdi. Yaxshi gapiribdi, yaxshi tushuntiribdi bos…
  2. Sep 27, 2026Bolalarga nisbatan qabih jinoyatlar uchun jazo amaldagi qonunchilik doirasida maksimal dar…
  3. Sep 26, 2026Saida Mirziyoyeva BMT maydonlarida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqas…
  4. Sep 25, 2026Agar “podkastlarda qatnashuvchi” degan kasb bo‘lsa, men hozir amalda shu kasb egasiman 🙂…
  5. Sep 25, 2026Hozir O‘zbekistonning eng asosiy boyligi nima? Oq oltin emas. Qora oltin emas. Radioaktiv…
  6. Sep 25, 2026Bu tomoshani boshqalar uyushtirgan bo‘lsa-da, negadir men g‘alati bo‘lyapman, hatto uyalya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →