TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3425 5.09K
Bu tomoshani boshqalar uyushtirgan bo‘lsa-da, negadir men g‘alati bo‘lyapman, hatto uyalyapman, shekilli.

Hay, bu odamning aybi yo‘qdir, lekin uni kim yomonotliq qildi, kim uning jinoyatchilikda gumon qilinayotgani haqida prezidentgacha gapirtirdi? Prezident O‘zbekistondagi har bir gumonlanuvchi haqida har kuni omma oldida gapiravermaydi-ku axir.

Bu odam beayb bo‘lsa, unda u kimning xatosi bilan bunday sazoyi qilindi, ishidan ayrildi, shuncha yil yiqqan obro‘si to‘kildi? Shuncha gap-so‘zdan keyin hech bir izohsiz bu odamni (yashirincha?) oqlab, yana hech bir izohsiz poytaxtdagi bir katta tumanning melisasiga boshliq qilib qo‘yaveradimi?

Hatto Eski O‘zbekistonda ham bunaqasi bo‘lmagan shekilli? “Bundan battari ham bo‘lgan”, desangiz — bunaqa bo‘lishining asli noto‘g‘ri-ku! Konstitutsiyasi yangilangan, o‘rni bo‘lsa-bo‘lmasa har jabhada o‘zini “Yangi” deb ta‘riflayveradigan O‘zbekistonga yarashadigan ishmi shu?

Tavba, tavba!
More from @muhrim
  1. Oct 1, 2026Bugun bayram
  2. Sep 30, 2026Tunov kuni Yunusobodda issiq suv bilan bir vaqtda sovuq suv ham o‘chib qolgani haqida yozg…
  3. Sep 30, 2026Buxorolik bog‘cha bolalari Saida Mirziyoyevaga o‘zlari yasagan taqinchoqlarni sovg‘a qilib…
  4. Sep 29, 2026Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib…
  5. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo…
  6. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →