TGViewer
Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva @sshmirziyoyeva · 78.8K subscribers
Post #3920 72.7K
Kecha Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdim. Ular o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin mamlakatimizga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelmoqda.
 
Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.
 
Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz.

—

Вчера в Вене встретилась с нашими соотечественниками, работающими  в международных организациях. Это люди, которые своим трудом, знаниями и ответственностью каждый день укрепляют доверие к нашей стране.

Особенно ценно, что вдали от дома они  сохраняют прочную связь с Узбекистаном. Такие встречи всегда дают особое чувство гордости. Это очень вдохновляюще —  видеть, как представители Узбекистана благодаря своему профессионализму уверенно заявляют о себе на международной арене и вносят вклад в решение актуальных глобальных задач.

Важно, чтобы таких специалистов становилось больше. Мы будем поддерживать молодых узбекистанцев, которые хотят получать международный опыт, расти профессионально и приносить пользу своей стране и миру.
More from @sshmirziyoyeva
  1. Oct 1, 2026Bugun O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarshi olib, ul…
  2. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 Kun.uz rasmiy kanali
  3. Sep 28, 2026Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongress | Abu-Dabi | sen…
  4. Sep 28, 2026BMT Bosh Assambleyasidan so‘ng ishimizni Abu-Dabida — Jinoyatchilikning oldini olish va ji…
  5. Sep 28, 2026Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Aʼlo Hazratlari…
  6. Sep 28, 2026BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Aʼlo Hazratlari bilan uchrashuv | Abu-Da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →