TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3412 5.05K
Saida Mirziyoyeva 2023-yili BMTning Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida nutq o‘qigan edi. 2026-yil iyunida esa Venada BMT komissiyasi sessiyasida odil sudlov, ayollar va bolalar himoyasi, jinoyatchilik profilaktikasi va yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy hisobot taqdim etgan edi.

U endi, Gazeta’ning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqadi. Bungacha BMT Bosh assambleyasining Yuqori darajadagi haftaligida O‘zbekiston nomidan faqat yo prezident, yo tashqi ishlar vazirlarimiz chiqish qilgan edi.

Saida Mirziyoyeva ayni damda Nyu-Yorkda, kuni kecha BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish bilan ham uchrashgan. Ular uchrashuv vaqtida O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi birgalikda rivojlantirib kelinayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.

“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qilgan Saida Mirziyoyeva.
More from @muhrim
  1. Oct 1, 2026Bugun bayram
  2. Sep 30, 2026Tunov kuni Yunusobodda issiq suv bilan bir vaqtda sovuq suv ham o‘chib qolgani haqida yozg…
  3. Sep 30, 2026Buxorolik bog‘cha bolalari Saida Mirziyoyevaga o‘zlari yasagan taqinchoqlarni sovg‘a qilib…
  4. Sep 29, 2026Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib…
  5. Sep 29, 2026Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo…
  6. Sep 28, 2026Toshkentning ichimlik suv ta’minotiga mas’ullarini yozda oftob qattiqroq urgan, shekilli (…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →