TGViewer
Channel Public Channel
MEZON

MEZON

@mezon_mt

Din • Jamiyat • Xavfsizlik

Diniy-ma’rifiy jarayonlar, mafkuraviy tahdidlar va radikallashuv omillari tahlili. Voqealar tafsiloti, ishonchli faktlar hamda ularning oldini olishga doir sharhlari.
Subscribers
26
Photos
6
Videos
29
Links
37

Showing posts older than #28 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #27
Channel photo updated
Post #26
Channel name was changed to «MEZON»
Post #25 39
📖 Mavzu: Mazhabsizlik — dinsizlikka yo‘l

Payg‘ambar alayhis salom vafotlaridan so‘ng birinchi asrning oxiri va ikkinchi asrning boshlarida turli diyorlardan diniy huquqlarni yechib bera oladigan olimlar yetishib chiqa boshladilar. Natijada Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofi’iy, Imom Ahmadlar
bugungi kunimizgacha yetib kelgan to‘rt fiqhiy mazhablarga asos soldilar. Mazkur mazhabboshilar e’tiqod va ibodat masalalarini Qur’oni karim va Payg‘ambar alayhis salomning sunnatlariga muvofiq ma’lum qoidalarga solib chiqdilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyingi to‘rt ishonchli xalifalar, sahobalar, tobeinlar, ulardan keyingilar va Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofi’iy, Imom Ahmad rohimahumullohlar e’tiqod va ibodatda “Sunnat”ga tayanib ish ko‘rganlari uchun “Sunniylar” yoki “Ahli sunna val jamoa” degan sharafli nom bilan atalgan. O‘n ikki asrdan ziyod davr mobaynida butun dunyo mo‘min-musulmonlari mazkur mazhab ko‘rsatmalariga amal qilib, e’tiqod va ibodatda bardavom bo‘lib kelishmoqda.
Bugungi kunda paydo bo‘lgan “Soxta salafiylik” g‘oyasi tarafdorlari Islom ummati qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan aqida va fiqh mazhablarini inkor qilib, “Mazhab tuzish Rasululloh alayhis-solatu vassalomning davrlarida yo‘q edi, shunday ekan biz, mazhab egalarining aytganiga emas, balki Alloh va Rasulining aytganiga amal qilishimiz kerak”, degan da’voni ilgari surishmoqda.
“Soxta salafiylar”ning g‘oyalari — Qur’on oyatlari va hadisi shariflardan so‘zma-so‘z ma’no chiqarib, o‘sha ma’noga ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqarishdir. Hakim Samarqandiy Qur’on oyatlarining zohiriga qarab hukm olish borasida fikr yuritib: “Qur’ondagi hamma narsani ham zohiriga qarab sharhlash mumkin emas, chunki Qur’onda ko‘p o‘rinlarda oyatlarning zohiri boshqa ma’noni, botini boshqa ma’noni anglatadi. Allohdan qo‘rqing. Qur’onni faqat o‘z ra’yingizdan kelib chiqib sharhlamang”, deb bu ishning shariat ko‘rsatmasiga xilof ekanini ta’kidlagan.
“Mazhabsizlik” g‘oyasi tarafdorlari xuddi — kompyuter virusi kabi yurtimiz musulmonlarining hanafiylik mazhabi ta’limoti bilan bog‘liq o‘n ikki asrlik tarixini bir zumda o‘chirib tashlab, o‘rniga o‘zining g‘arazli g‘oyalarini yuklamoqchi bo‘lishadi.
Biz ajdodlarimizning shonli yo‘lidan hech qachon voz kechmaymiz. Agar ularning asossiz safsatalariga quloq soladigan bo‘lsak, Islomning o‘n ikki asrlik tarixidan voz kechgan bo‘lamiz. “Ahli sunna va jamoa” firqasida ijod qilib o‘tgan minglab zabardast ulamolar tomonidan yozilgan noyob asarlaridan bebahrа bo‘lib qolamiz. Asrlar mobaynida barcha musulmonlar amal qilib kelayotgan an’analar bekorga chiqadi. Natijada musulmonlar orasida parokandalik yuzaga keladi.
“Mazhabsizlik” g‘oyasi tarafdorlarining bemazhаblikni targ‘ib qilishdan ko‘zlagan bosh maqsadlari — xalq orasida “parokandalik” keltirib chiqarishdan iboratdir.


Namangan tumani “Al Masjidun Nabaviy” jome masjidi imom-xatibi Paxriddin Yusupov


🌐 Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #23 12
Shunday insonlar borki, ularni ko‘pchilik tanimaydi...

Ularning xizmati ko‘zga tashlanmas, nomlari esa ommaga ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Ammo ularning bedorligi sabab biz tinch uxlaymiz, xotirjam yashaymiz.
Vatan osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha fidoyi insonlarga sharaf! 🇺🇿

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #22 11
SIZ UCHUN, VATANIMIZ UCHUN!

Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Vatanimiz ravnaq topaversin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #21 16
⚡️ Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligidagi tezkor tadbirlarda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangan. DXX tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Denov tumanida 22 nafar, Rishton tumanida esa 5 nafar voyaga yetmagan bola tegishli ruxsatsiz diniy saboq olayotgani qayd etilgan.


⚖️ Har ikki holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalarning ota-onalariga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida choralar ko‘rilgani xabar qilingan. YuzNews
📌 Farzandga diniy bilim berish istagi — katta mas’uliyat. Masala faqat uning nimani o‘rganayotganida emas. Kimdan o‘rganmoqda? Qaysi manbadan? Qanday sharoitda va qanday usulda? Ota-ona bularning barchasiga e’tibor berishi kerak.
Diniy bilim insonning e’tiqodi va dunyoqarashiga chuqur ta’sir qiladi. Shu bois farzandning diniy savodini shakllantirishda ishonchli manba, malakali mutaxassis va qonuniy tartib birinchi o‘rinda turishi lozim.
⚠️ Eng muhimi, ota-ona farzandini kimga ishonib topshirayotganini bilishi va uning ta’lim-tarbiya jarayonidan bexabar qolmasligi kerak.


🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#TAHDID #DiniyTalim #HuquqiySavodxonlik
Post #20 8
📖 Mavzu: JIHOD NOMINI SOXTALASHTIRAYOTGANLAR

«Jihod» so‘zi lug‘atda inson tomonidan jamiki imkoniyatni ishga solib harakat qilish ma’nosini anglatadi.
Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, musulmon odam jihod qilmoqchi bo‘lsa, o‘zining barcha kuch-quvvat, aql-zakovati va moddiy imkoniyatlarini Alloh yo‘lida, Uning dini uchun sarflashi kerak bo‘ladi. Alohida ta’kidlab aytish lozimki, jihod so‘zi lug‘atda urush ma’nosini anglatmaydi. Urush arab tilida boshqa so‘zlar bilan ifoda etiladi. Asosan, urush ma’nosini anglatish uchun arab tilida «qitol» so‘zi ishlatiladi.
Darsini o‘zlashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib harakat qilayotgan tolibi ilmni mujtahid talaba deb ataladi. Binobarin, uni ilmiy jihod qilmoqda desa bo‘ladi.
Shar’iy masalalarni yechishda bor imkonini ishga solib harakat qilgan ulkan olimlarni ham mujtahid deb atalgan. Undoq kishilar shar’iy ilmlarda jihod qilganlar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jihod so‘zining lug‘atdagi xususiyatidan kelib chiqib jihodning turlari ham ko‘paygan va o‘shalarning ichida dushmanga qarshi jon-jahdi bilan jang qilish ham jihod deyilgan. Ammo ushbu oxirgi ma’no boshqalaridan ustun kelib, keyinchalik jihod deganda faqat qitolni tushuniladigan bo‘lib qolgan.
Alloh taolo Islomning dastlabki bosqichida mushriklar bilan aqidaviy tortishuv qilib turgan O‘z payg‘ambari Muhammad alayhissalomga Furqon surasida quyidagi xitobni qiladi:
«Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u (Qur’on) bilan katta jihod qil!»
Demak, Qur’on bilan katta jihod qilingan. Bunda urush olib borish ma’nosi yo‘qligini anglash zarracha aqli bor odam uchun qiyin emas.
Islomda jihod ma’nosi avvalo urush ma’nosida emas, Allohning diniga so‘z bilan da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan va bu ma’no shu mavzuda asos bo‘lib qolgan.
1. Imom Termiziy, Ibn Hibbon va Daylamiylar rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jihodning afzali Alloh taoloning zotida havoyi nafsingga qarshi jihod qilmog‘ingdir», deganlar.
Jome’ul Ahodis kitobida (4-juz, 741-bet) keltirilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kichik jihoddan katta jihodga, bandaning havoyi nafsiga qarshi qiladigan jihodiga xush keldingiz!» deganlar.
Bundan insonning havoyi nafsining kuyiga kirmaslik, uni yengib, shariatga muvofiq yashash uchun jon-jahdi ila qilgan harakati ham jihod ekanligi, jihod bo‘lganda ham afzal jihod ekani chiqadi.
2. Imom Buxoriy va boshqalar rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga u zotdan jihodga izn so‘rab keldi. Shunda u zot unga:
«Sening ota-onang bormi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Bas, ikkovlari (xizmati)da jihod qil!» dedilar».
Demak, ota-onaning xizmati ham jihod bo‘lishi mumkin ekan.
Islomning dastlabki o‘n uch yili davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalar Makkai Mukarramada yuqorida zikr qilingan qitol — urush ma’nosi bo‘lmagan jihodni olib bordilar.
O‘sha vaqtda Alloh taolo musulmonlarga mushriklarga qarshi kuch ishlatishni man qilgan edi. Shu bilan birga, ulardan yetgan azob-uqubat va ozorlarga sabr qilishga amr qilgan ham edi.
Faqatgina hijratning ikkinchi sanasida Qur’oni Karim ta’biri bilan aytilganda: «O‘zlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi».
Ana shundoq qilib, hijrati nabaviyaning ikkinchi sanasidagina Alloh taolo musulmonlarga o‘zlarini himoya qilish uchun qo‘llariga qurol olishga izn berdi.
Jihod haqidagi oyatlarning barchasini o‘rganib chiqqandan so‘ng ma’lum bo‘ladiki, Islomda jihod hukmi sharoitga qarab o‘zgarib turadi.
Jihod ikki qismdan iborat: talab va mudofaa.
Talab jihodi hozir yo‘qligiga ulamolar ijmo’ qilishgan. Chunki hozirda hamma davlatlar urushmaslikka kelishganlar va o‘zaro aloqalar o‘rnatib, elchixonalar ochganlar.
Mudofaa jihodi dushmanlar musulmon yurtga urush qilib, bostirib kirsalar, himoya uchun bo‘ladi.
Ba’zi bir holatlar bo‘ladiki, unda urush qilish bilan qilmaslik teng bo‘lib qoladi.
Yana bir holatlarda tinchlik uchun harakat qilish zarur bo‘ladi. Bularning hukmi katta ulamolar tomonidan shar’iy manbalarda bayon qilinadi.


Olimxon Isaqov,
Uychi tuman “Hudoyberdi eshon” jome masjidi imom-xatibi.

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #19 9
🕌 DIN — INSON QALBIGA SINGADIGAN ENG KUCHLI E’TIQODDIR
Dinimizda ko‘z bilan ko‘rmagan narsalarimizga ham iymon keltiramiz. Bu — e’tiqodimizning bir qismi. Shu sababli diniy bilim oddiy axborot emas. Inson qalbiga singib, e’tiqodga aylangan tushunchani keyinchalik o‘zgartirish juda qiyin.
Shuning uchun farzandimiz diniy bilimni kimdan olayapti, qaysi manbadan o‘rganayapti va unga qanday usulda ta’lim berilyapti — bunga befarq qarab bo‘lmaydi.
⚠️ Dinni o‘rgatish — bolani qo‘rqitish, kamsitish yoki urib tarbiyalash degani emas. Zo‘ravonlik orqali berilgan tarbiya bolada ilm va dinga muhabbat uyg‘otish o‘rniga salbiy ruhiy va xulqiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Nahotki ota-ona o‘z farzandining johil, qo‘pol yoki diydasi qattiq bo‘lib ulg‘ayishini istasa?
📌 “Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi”, deydilar. Ammo ko‘zi ochiq inson qonunni bilaturib, bir qilmishi uchun ma’muriy jazoga tortilganidan keyin ham undan xulosa chiqarmay, yana shu qilmishni takrorlasa, masala endi ma’muriy jazo bilan cheklanmasligi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan holatlarda bu jinoiy javobgarlikka va sud hukmi bilan sudlanganlikka olib kelishi mumkin.
Shuning uchun masala faqat qonundan qo‘rqishda emas. Farzandimizning e’tiqodi, dunyoqarashi va kelajagi kimning qo‘lida shakllanayotganiga befarq bo‘lmasligimiz kerak.


🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #DiniyTalim #HuquqiySavodxonlik
Post #18 9
🎬 ALLOH QALBIMIZGA VA AMALIMIZGA QARAYDI

🎤 Abdulloh domla Samatov
Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi
📌 Insonning qadri faqat tashqi ko‘rinishi yoki mol-dunyosi bilan belgilanmaydi. Qalbdagi niyat, ixlos va undan kelib chiqadigan ezgu amallar inson ma’naviyatining muhim mezonlaridandir.


🕌 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #17 9
📱🗣 MUALLIFLIK HUQUQI INSON HAQQIGA KIRADIMI?

🎙 Ekspert: Yahyo qori Abdurahmonov — Toshkent shahridagi Imom Termiziy masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi.

🎞 To‘liq FULL HD: @Muslim_podcast_uz’da ko‘ring!
📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlangan.
TAHDID | Tahlil • Fakt • Xavfsizlik

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #MualliflikHuquqi #MuslimPodcast
Post #16 9
🚨 Xorazmda “Jihodchilar” guruhi fosh etildi — 11-sinf o‘quvchisi yopiq diniy guruh tuzgani aniqlandi

📱 Radikallashuv har doim ham ko‘zga tashlanadigan joydan boshlanmaydi.
Ba’zan oddiy telefon, yopiq guruh va nazoratsiz axborot muhiti yoshlarning dunyoqarashiga ta’sir qiluvchi vositaga aylanishi mumkin.
Ayniqsa, diniy bilim yetarli bo‘lmagan yoshlarning internetdagi noma’lum manbalar orqali diniy materiallarni qabul qilishi, ularni mustaqil talqin qilishi va boshqalarga tarqatishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
🔎 Shuning uchun muammo faqat zararli kontent tarqalganidan keyin unga qarshi kurashishda emas. Eng muhim vazifa — yoshlarning axborotni tanqidiy baholash ko‘nikmasini shakllantirish, diniy savollarga ishonchli manbalardan javob topishini ta’minlash va radikallashuvning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida anglashdir.


MEZON | Tahlil • Fakt • Xavfsizlik

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #15 8
⚠️ БУЗҒУНЧИ ОҚИМНИНГ ОҚИБАТИ
Диний тушунчаларни мутлақлаштириш, бошқа қарашларни инкор этиш ва ўз талқинини ягона ҳақиқат сифатида кўрсатиш жамиятда муросасизлик ҳамда бўлинишга олиб келиши мумкин.
Мақолада “сохта салафийлик” деб таърифланган қарашлар, уларнинг турли кўринишлари ва айрим радикал талқинларда “жиҳод” тушунчасидан зўравонликни асослаш учун фойдаланилиши ҳақида сўз юритилади.
Батафсил 👇
Фирқалар ҳақида гапирар эканмиз, бузғунчи оқимлардан бири бўлмиш сохта салафийларга ҳам тўхталиб ўтиш лозим. Сўнгги вақтларда “салаф солиҳларга эргашиш” шиори остида ўзларини салафларнинг издошлари деб ҳисобловчи турли қарашлар учрамоқда.
Ҳозирги кунда мақолада сохта салафийлар шартли равишда икки гуруҳга ажратилади:
• Биринчи гуруҳ — сиёсий мақсадларга зўравонлик орқали эришишни илгари сурувчи радикал қараш тарафдорлари. Бундай ёндашувларда “жиҳод” тушунчаси жангарилик ва қўпорувчиликни оқлаш учун бузиб талқин қилиниши мумкин.
• Иккинчи гуруҳ — очиқ жангарилик фаолиятини қўллаб-қувватламаслигини билдирса-да, анъанавий мазҳабларга мансубликни рад этиб, ўз диний қарашларини устун қўювчи тоифа сифатида тавсифланади.
Диний тушунчаларнинг контекстдан узиб талқин қилиниши ва улардан муросасизликни кучайтириш мақсадида фойдаланилиши радикаллашув хавфини ошириши мумкин. Шу боис диний масалаларда ишончли ва ваколатли манбаларга таяниш муҳим.

Манбалар асосида тайёрланди
Азизбек Кенжаев
Поп тумани “Холматбой” жоме масжиди имом-хатиби

🌐 TAHDID ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#TAHDID #Радикаллашув #Экстремизм
  • ❤ 1
Post #14 9
⚠️ DINIY MASALADA HAR QANDAY MANBAGA ISHONIB BO‘LMAYDI
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi axborot juda tez tarqalmoqda. Ammo diniy ko‘rinishga ega har qanday sahifa, kanal yoki shaxsni ishonchli manba sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas.
Ayniqsa, diniy tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qiluvchi, murosasizlikni kuchaytiruvchi yoki radikal qarashlarni targ‘ib etuvchi materiallarga nisbatan hushyor bo‘lish zarur. Axborotning ta’sirchanligi uning to‘g‘riligini anglatmaydi.
Diniy masalada xulosa qilishdan avval manbani tekshirish, ma’lumotni ishonchli va vakolatli manbalar bilan solishtirish muhim. Axir hatto hadislar ham ularning ishonchlilik darajasiga ko‘ra sahih va zaif kabi toifalarga ajratib o‘rganiladi. Shunday ekan, internetda uchragan har qanday diniy ma’lumotni tekshirmasdan qabul qilish to‘g‘ri emas.

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #AxborotXavfsizligi #Ogohlik
Post #13 10
🎞 “Imom Moturidiy adashganmi?”

🎙 Dr. Ahmad Sa’d Damanhuriy — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, moturidiyshunos olim.
Videoda Imom Moturidiy va uning aqidaviy qarashlari yuzasidan bildiriladigan ayrim da’volarga ilmiy nuqtayi nazardan munosabat bildiriladi.


🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #Moturidiy #Aqida
Post #12 10
⚠️ ЖИҲОД ТУШУНЧАСИНИ СОХТАЛАШТИРАЁТГАНЛАРДАН ЭҲТИЁТ БЎЛАЙЛИК

Жиҳод:арабча جهاد‎ — ғайрат қилиш, кучни ишга солиш) — исломда муқаддаслаштирилган дин йўлида бўлган кураш.Тарихда Туркия Кавказ ва Марказий осиёда жиҳод кўпроқ „ғазовот“ номи билан маълум бўлган.
Мусулмонлар орасида жиҳод ҳақида турли қарашлар бор. Дастлаб жиҳод дейилганда исломни ҳимоя қилиш ва ёйиш учун кураш тушунилган. Баъзилар жиҳодни „кичик жиҳод“ ва „буюк жиҳод“ қилиб иккига бўлишади. Уларга кўра, „кичик жиҳод“ Исломнинг душманлари деб қаралганлар билан жанг қилишдир. „Буюк жиҳод“ бўлса мусулмоннинг ўз нафси билан кураши ва маънавий баркамоллик йўлидаги саъй-ҳаракатидир.
Келиб чиқиши
Жиҳоднинг келиб чиқиш тарихи 624-йил бошларида юз берган воқеа — мусулмон аскарининг қурайш қабиласининг кичик карвонига ражаб ойида (тўрт муқаддас ойнинг бирида) ҳужум қилгани билан боғлиқ. Мушрик—қурайшийлар шу омилга урғу бериб, Муҳаммад ва мусулмонларни бутун Арабистон бўйлаб ёмон отлиққа чиқаришга, уларга қарши катта иттифоқ тузишга ҳаракат қилдилар. Шу кезларда Қуръоннинг бир неча оятлари (Ҳаж, 39; Бақара, 190; Нисо, 75) нозил бўлиб, исломда биринчи бор жиҳодга, яъни муайян ҳолларда душманга қарши кураш олиб боришга чақирилди. Ёш мусулмон давлати (Мадина) ўз чегаралари дахлсизлигини мудофаа қилиш учун куч ишлатган. Шу тарзда илк исломда жиҳод Аллоҳ йўлига, ислом динини ёйиш мақсадига бутун куч ва имкониятларни сарф қилиш маъносини англатиб келган ва баъзи ҳолларда ҳарбий куч ишлатишни ҳам тақозо этган. Шу маънода жиҳодни „муқаддас уруш“ деб талқин қилиш одат тусига кириб қолган.
9-10-асрлардан жиҳод янги мазмун билан тўлдирилди: Аллоҳ йўлида ўзни такомиллаштириш тушунчаси (яъни маънавий жиҳод)га тўрт жиҳод — қилич жиҳоди, қалб жиҳоди, қўл жиҳоди ва тил жиҳоди ҳақидаги тасаввурлар қўшилди.[3] Миллий озодлик ҳаракатлари даврида жиҳод ғоясидан мустамлакачиликка қарши курашда фойдаланилди. Умуман, ҳозирги замон мусулмон назариётчиларининг кўпчилиги жиҳодни исломни тинч йўл билан ёйиш, уни ташқи тазйиқдан ҳимоя қилиш учун мусулмонларнинг куч ва ғайратларини сафарбар этиш воситаси деб таърифлайди. Мўтадил ислом тарафдорларининг эътиқодига кўра, куч ишлатиш — „кичик жиҳод“, ҳар бир мусулмоннинг ўз нафси билан кураши ва маънавий баркамоллик йўлидаги саъй-ҳаракати эса „буюк жиҳод“ ҳисобланади. Оят ва ҳадисларга кўра, жиҳод ҳеч қачон бирор мусулмонга ёки мусулмонлар яшайдиган юртга қарши эълон қилинмайди. Аммо тарихда бир мусулмон гуруҳ иккинчи мусулмон гуруҳга қарши уруш эълон қилиш ҳоллари кўп учрайди.

📌 Учқўрғон тумани “Музаффархон эшон” жоме масжиди имом-хатиби Ҳушназаров Иброҳимжон



💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #Жиҳод #Экстремизм #Радикаллашув
Post #11 10
⚠️ DINIY EKSTREMIZM G‘OYALARINI TARG‘IB ETUVCHI NASHIDALAR — YASHIRIN TA’SIR VOSITASI
Ayrim nashidalar oddiy diniy mazmundagi audio sifatida ko‘rinishi mumkin. Biroq ulardan ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, insonlarning hissiyotiga ta’sir ko‘rsatish va radikal qarashlarni singdirish vositasi sifatida ham foydalanilishi mumkin.
🎥 Videoda bunday materiallarning xavfi, ularni qanday anglash va nega ularga nisbatan ogoh bo‘lish muhimligi haqida so‘z boradi.

https://t.me/mezon_mt
🌐 Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#MEZON #Ekstremizm #Radikallashuv #Profilaktika #Nashida
Post #10 12
🧠 TAHLIL | RADIKALIZM, EKSTREMIZM VA TERRORIZM — FARQI NIMADA?
Bu uch tushuncha ko‘pincha bir ma’noda ishlatiladi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi va ularni to‘g‘ri tushunish muhim.
Radikal qarash qanday shakllanadi? U qachon ekstremistik tus olishi mumkin? Ekstremizm bilan terrorizm o‘rtasidagi chegara qayerda?
🎥 Ushbu videoda radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari, ularning o‘zaro farqi va bog‘liqligi sodda tilda tushuntiriladi.
Muhimi, har qanday radikal fikr avtomatik ravishda ekstremizm yoki terrorizm degani emas. Bu tushunchalarni aralashtirish muammoni to‘g‘ri anglash va uning oldini olishga xalaqit berishi mumkin.
Tahdidni to‘g‘ri baholash — tushunchalarni to‘g‘ri anglashdan boshlanadi.

MEZON | Tahlil • Fakt • Xavfsizlik
Post #9 11
🕯 XOTIRA | XIZMAT BURCHIGA SADOQAT
Terrorizm haqida gapirganda biz ko‘pincha voqea, sana va raqamlarni eslaymiz. Ammo har bir terrorchilik hodisasi ortida inson taqdiri, oila va fidoyilik tarixi bor.
2004-yilda yurtimizda sodir etilgan terrorchilik harakatlari ko‘plab insonlar hayotiga tahdid soldi. O‘sha og‘ir kunlarda ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat olib bordilar.
🎥 Ushbu video — xizmat vazifasini bajarish chog‘ida terrorchilik harakati oqibatida halok bo‘lgan ichki ishlar organi xodimlaridan birining jasorati va xotirasi haqida.
Terrorizmning asl oqibati — statistika ortidagi inson taqdirlarida namoyon bo‘ladi.
Ularning jasorati va xotirasi unutilmaydi.
https://t.me/mezon_mt
#TAHDID #Xotira #Jasorat #Terrorizm #2004yil
Post #8 10
⚠️ OGOHLANTIRISH | EHSON QILISHDAN OLDIN TEKSHIRING
Internetda “ehson”, “yordam”, “davolanish uchun mablag‘” kabi murojaatlar ortida har doim ham haqiqiy ehtiyojmand inson turmasligi mumkin.
Ayrim firibgarlar odamlarning rahm-shafqati va yordam berish istagidan foydalanib, soxta ma’lumotlar va bank kartalari orqali pul yig‘ishga urinadi.
❗️Pul o‘tkazishdan oldin:
🔹 murojaat va hujjatlarning haqiqiyligini tekshiring;
🔹 ma’lumotning dastlabki manbasini aniqlang;
🔹 karta kimga tegishli ekaniga e’tibor bering;
🔹 shubhali holatda pul o‘tkazmang.
Yordam berish — ezgulik. Tekshirib yordam berish esa xavfsizlik.

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
Post #7 10
TERRORIZM — FAQAT BIR INSONGA QARATILGAN TAHDID EMAS.
Uning ortida buzilgan taqdirlar, yaqinlarini kutayotgan oilalar va jamiyat xavfsizligiga yetkazilgan zarar qoladi.
Terrorizmga qarshi kurash faqat sodir etilgan jinoyatga javob berishdan iborat emas. Radikallashuvning oldini olish, insonni zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish va tahdidni imkon qadar erta aniqlash — uning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Tinchlikning qadri — uni yo‘qotmasdan anglashda.
TAHDID | Tahlil • Fakt • Xavfsizlik

🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube

#TAHDID #TerrorizmgaQarshi #Radikallashuv #Profilaktika #Xavfsizlik #Tinchlik
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →