Dinimizda ko‘z bilan ko‘rmagan narsalarimizga ham iymon keltiramiz. Bu — e’tiqodimizning bir qismi. Shu sababli diniy bilim oddiy axborot emas. Inson qalbiga singib, e’tiqodga aylangan tushunchani keyinchalik o‘zgartirish juda qiyin.
Shuning uchun farzandimiz diniy bilimni kimdan olayapti, qaysi manbadan o‘rganayapti va unga qanday usulda ta’lim berilyapti — bunga befarq qarab bo‘lmaydi.
⚠️ Dinni o‘rgatish — bolani qo‘rqitish, kamsitish yoki urib tarbiyalash degani emas. Zo‘ravonlik orqali berilgan tarbiya bolada ilm va dinga muhabbat uyg‘otish o‘rniga salbiy ruhiy va xulqiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Nahotki ota-ona o‘z farzandining johil, qo‘pol yoki diydasi qattiq bo‘lib ulg‘ayishini istasa?
📌 “Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi”, deydilar. Ammo ko‘zi ochiq inson qonunni bilaturib, bir qilmishi uchun ma’muriy jazoga tortilganidan keyin ham undan xulosa chiqarmay, yana shu qilmishni takrorlasa, masala endi ma’muriy jazo bilan cheklanmasligi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan holatlarda bu jinoiy javobgarlikka va sud hukmi bilan sudlanganlikka olib kelishi mumkin.
Shuning uchun masala faqat qonundan qo‘rqishda emas. Farzandimizning e’tiqodi, dunyoqarashi va kelajagi kimning qo‘lida shakllanayotganiga befarq bo‘lmasligimiz kerak.
🌐 MEZON ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
#MEZON #DiniyTalim #HuquqiySavodxonlik
