TGViewer
Channel Public Channel
Jalilov. Qaydlar

Jalilov. Qaydlar

@jalilovqaydlar

Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Subscribers
4.84K
Photos
2K
Videos
30
Links
3K
Recent Posts 18 shown
Post #4484 1.22K
"Aytadigan gapim balki kimgadir yoqmas, lekin men hech qaysi ayolga bunchalik kurashib, kurashchi bo‘lib, sog‘ligini yo‘qotishni maslahat bermasdim. O‘zlariga qulay bo‘lgan joyda, yo‘l beradigan odamlar ichida ishlashlari tarafdoriman. ... Baribir yolg‘iz o‘zim hech narsa qilolmas ekanman".

Gazeta.uz Surxondaryo viloyati hokimi bilan tortishgan maktab direktori bilan suhbatni eʼlon qilibdi. Yuqoridagi direktorning soʻzlaridan keltirilgan iqtibosga eʼtibor bering. Sizni bilmadim -ku, men qandaydir ogʻriq sezdim bu gaplardan. "Haqiqatni qoʻyinglar, oʻzlaringni oʻylanglar" degan ayanchli xulosani sezdim. Yosh avlodga haqni nohaqdan ajratishga masʼullardan bunday mujdani uqish - ogʻriqli.

Umid qilamanki, qachondir, yap-yangi Oʻzbekistonda oʻqituvchilar - va hammamiz - haq soʻzni baralla ayta oladigan, nohaqga bemalol qarshi chiqa oladigan boʻlamiz. Balki oʻshanda alohida oʻqituvchilar kuniga ham hojat boʻlmas - oʻqituvchilar oʻz qadrini yilda bir kun emas, har kuni amalda his qilishar.

Ungacha esa, bayram muborak, aziz hamkasblar!
Газета.uz “Qonunlar ishlaydi, davlat bor, degan gap dalda bergan”. Surxondaryo hokimiga e’tiroz qilgan maktab direktori Umida Tursunova bilan… 2023-yil Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan tortishib, 15 sutka qamalgan, mahalladoshi tomonidan kaltaklangan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova Gazeta’ga intervyu berdi. U mojaro qanday boshlangani, hokimga nega qarshi chiqqani…
  • 😢 13
  • 👍 11
  • 🔥 3
Post #4483 1.13K
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.
Bugun an'anaviy, malaka oshirish institutlari - hozirda pedagogik mahorat markazlariga bir oy borib, ishdan ajralgan holda majburiy o'qish tizimi bekor qilinishi haqida aytildi. O'rniga o'qituvchi qayerda, qanday kursda malaka oshirishni o'zi tanlashi aytilmoqda. Agar haqiqatdan ham o'qituvchiga tanlov imkoni berilsa - bu juda qiziq va nazarimda, yaxshi yangilik. Samarali ta'lim tizimlarida aynan o'qituvchi malaka oshirishni o'z ehtiyojlaridan kelib chiqib mustaqil hal qiladi.

Gazeta.uz'dagi ta'limga bag'ishlangan podkastimizning biroz avval yozib olingan va bugun e'lon qilinadigan, o'qituvchilarga bag'ishlangan sonida aynan malaka oshirish tizimi haqida va o'qituvchilarga tanlov berish haqida ham gaplashgan edik.
  • 👍 13
Post #4477 1.39K
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 65 va 67 moddalaridan

Konstitutsiyamizda juda koʻp chiroyli (va mohiyatan toʻgʻri) gaplar yozilgan. Lekin davlatning oʻzi mana shu oʻzi qabul qilgan qonunlarni buzsa va buni namoyishkorona amalga oshirsa nima qilish kerak - bu haqda Konstitutsiyada hech nima deyilmagan.
  • 🔥 14
  • 👍 3
  • 👏 1
Post #4475 5.88K
Maktab darsliklari (yana) yangilanadi.

UzDiplomat nashrining yozishicha, ta'lim tizimidagi navbatdagi islohotlar bo'yicha takliflar taqdimot qilingan. Taqdimotda darsliklar yangilanishi ham aytilgan. Nashrning yozishicha, bu - darsliklarda 1,7 mingdan ortiq xato aniqlangani bilan bog'liq.

Qizig'i, taqdimot qilganlar orasida Ta'limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi sobiq xodimlarini ham ko'rish mumkin. Aynan shu markaz tasdiqlab bergan "Novda" darsliklari 2023/24 o'quv yili boshida amaliyotga joriy qilinganida undagi ilmiy va metodik xatoliklar, bolaning yoshiga mos bo'lmagan matnlar va topshiriqlar bilan keng jamoatchilik e'tiboriga tushgan edi. Taqdimot qilganlar o'sha darsliklarda aniqlangan 1,7 ming xatoda Ta'limni rivojlantirish markazi va darsliklarni monopollashtirib olgan "Novda"ning hissasi haqida gapirishganmi yoki yo'q - xabarda ochiqlanmagan. Shuningdek, har yili chop qilinishiga trillionlar ajratilayotgan darsliklarning o'quvchilarga yetib bormayotgani, ota-onalar ularni sotib olish yoki chiqartirishga majbur bo'layotgani haqida ham xabarda hech narsa deyilmagan.
  • 🤯 16
  • 😱 6
  • 👍 4
  • 🔥 4
Post #4474 18.7K
"Men ortiq sukut saqlay olmayman. Men sizning butunlay ketishingizni xohlayman. Keting - mening mamlakatimdan. Bizning uylarimizdan. Bizning yangiliklarimizdan. Bizning qoʻrquvlarimizdan. Va boshqa hech qachon - hech qachon qaytib kelmang. Iltimos. Oʻtinaman sizdan - bizni tinch qoʻying. Shunchaki keting va tegmang. Yetar".

Bu - oʻsmir bolaning prezidentga murojaatidan iqtibos edi. Chelyabinskdan 14 yashar Daniilning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaati.

Shunchaki qoyil.
  • 👍 53
  • 🔥 22
  • 👏 16
  • 🤯 3
Post #4473 1.82K
"Toki ishlaydigan tizim va hamma biladigan, qatʼiy rioya qiladigan aniq standardlar, protokollar, qoidalar boʻlmas ekan, koʻrgazmali ishdan boʻshatishlar, sudlar, eng yuqori mansabdor shaxslarning aralashuvi ham qoʻshni taʼlim muassasasidagi yoki qoʻshni tumandagi bolani fojiadan asrab qola olmaydi".

Bolalar bilan bogʻliq yana bir fojia. Ohangarondagi bog‘chada 3 yoshli bola hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi. Yana, odatdagidek, tizim post-faktum ishlayapti.

"Vakolatli organlar bola oshxonaga qanday kirgani, xavfli vosita nima sababdan uning qo‘li yetadigan joyda turgani va uni saqlash uchun kim mas’ul bo‘lganini o‘rganmoqda".

Lekin, muassasada, masalan, bolalar oshxonaga yoki yordamchi xonalarga kirishi mumkinmi, bola uchun xavfli ashyolar qanday saqlanishi va bolalar qoʻliga tushmasligining oldini qanday olinishi kerak - bu boʻyicha biron bir aniq qoidalar boʻlmagan. Hatto bolalar muassasasida bola uchun xavfli narsani saqlashga kim masʼulligi ham endi oʻrganilmoqda. Bitta bola oʻlgandan keyin.
  • 😢 12
  • 🤬 5
  • 👍 4
  • 🔥 1
Post #4472 1.72K
Yuqoridagi postlardan birida taʼlim tizimidagi asosiy muammolardan biri - taʼlim muassasalarida ularga ishonib topshirilgan bolalarning hayoti, xavfsizlikligi va salomatligini himoya qilish, jarayonda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni bartaraf qilishga qaratilgan standardlar yoʻqligi haqida yozgan edim.

Gazeta.uz nashri eʼlon qilgan maqolada bu masalaga biroz kengroq yondashilgan va rivojlangan davlatlarda ishlaydigan shunday standardlar, protokollardan misollar keltirilgan. Masalan: bola belgilangan vaqtda guruhda boʻlmasa nima qilish kerak, bolani muassasadan kim olib ketish huquqiga ega, bola va muassasa xodimi yolgʻiz qolishi mumkinmi, bolada tana jarohatlari aniqlansa nima qilish kerak va hokazo.

Toʻgʻri, bunday standartlar, protokollar, qoidalar oʻz oʻzidan bolani himoya qilmaydi. Lekin ular - bazaviy minimum.

Agar xavf-xatarlar oldindan hisobga olinmasa va ularning oldini olish bo‘yicha harakatlar zanjiri mustahkamlanmasa, bolalar bilan bog‘liq fojialarning takrorlanishi — faqat vaqt masalasidir.

Ko‘rgazmali bo‘shatishlar va sudlar, hatto Bosh prokurorning nazorati-yu Administratsiya rahbarining gʻazabnok posti, balki, bunday holatlarda jamoatchilik e’tirozlari jo‘sh urishini kamaytirishga yordam berar, ammo qo‘shni muassasada yoki tumandagi bolani takroriy fojialardan himoya qila olmaydi. Toki ishlaydigan tizim va hamma biladigan, rioya qiladigan aniq standardlar boʻlmaguncha.
  • 👍 11
  • 🔥 1
  • 🤯 1
Post #4471 1.73K
Nazarimda, bizni juda qoʻrqinchli kelajak kutyapti.
  • 😢 24
  • 🤔 5
  • 🤯 5
Post #4470 1.71K
Ilyos Safarovning Vaqt.uz dan ketayotgani haqida uning postidan bilib juda xafa boʻldim. Ilyos Safarov - men jurnalistikaga, tomoshabin / oʻquvchi oldidagi masʼuliyatiga sodiq deb biladigan va bugungi Oʻzbekistonda kunduzi chiroq yoqib qidiriladigan jurnalistlardan biri. Lekin post Ilyos haqida emas. Post biz va siz yashayotgan va yashamoqchi boʻlgan Oʻzbekiston haqida. Undagi jurnalistikaning ahvoli haqida.

Jurnalistikaning, soʻz erkinligining, fikr erkinligining chegaralarini borgan sari toraytirib, tor qafasga qamab qoʻyish kimlar uchundir xotirjamlik va barqarorlik illyuziyasini berishi mumkindir, lekin bu - aynan illyuziya, aldamchi vaziyat boʻladi. Chunki jurnalistika - bu juda muhim muloqot kanali. U juda koʻp muammolar haqida hali juda kech boʻlmasidan ogohlantirishi, signal berishi mumkin. Bu kanalning yopilishi va arzon, meʼdaga tegadigan PRga almashtirilishi - jamiyat uchun ham, davlatchilik uchun ham barqarorlik illyuziyasini yaratishga urinayotganlar uchun ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Oʻzbekiston uchun haqiqiy jurnalistlar va haqiqiy jurnalistika - yo hayot, yo mamot masalasi.
Telegram Ilyos Safarov Bu — Vaqt.uz nashridagi so’nggi intervyum. Oxirgi “Fikr vaqti”. Jamoadagi 1 yarim yillik faoliyatimni (shundan oxirgi 4 oyi bosh muharrir sifatida) yakunlayapman. Vaqt.uz bilan xayrlashish sabablari haqida esa shu kunlarda hali batafsil, boricha post qilaman.…
  • 🔥 17
Post #4469 1.59K
Imaginative Girl 🦢 Бизга «фалончи аралашди, шунинг учун иш ҳал бўлди» деган тизим эмас, «қонун шундай бўлгани учун иш шундай ҳал бўлди» деган тизим керак.
Bizga faqat qonunlarni qabul qiladigan emas, ularning ijrosini ham ta'minlaydigan tizim kerak. Va bu tizim shaxslarga bog'liq bo'lishi kerak emas.
  • 👍 46
Post #4468 1.76K
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat hududida oʻlim jazosini taqiqlaydi.

Sudlar mustaqilligi real taʼminlanmagan sharoitda oʻlim jazosi "noqulay"lardan qutulishning "qulay" yoʻli boʻlib qolishi mumkin.
  • 👍 49
  • 🔥 7
  • 👏 1
Post #4467 2.92K
Namandagi bogʻchada tarbiyalanuvchiga nisbatan sodir etilgan mudhish jinoyat ortidan ijtimoiy tarmoqlarda vazirni ayblab qoʻyilgan postlarga koʻzim tushdi. Vazirlik bayonot bilan chiqib, tashkilotning voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini aytdi va aybdorlar jazolanishiga vaʼda berdi. Albatta, vazir tizimdagi oʻn minglab bogʻcha va maktabning ichida nima boʻlayotganini shaxsan nazorat qila olmaydi, bu jismonan imkonsiz. Lekin bu yerdagi muammoga jurnalist Sharifa Murod bir qisqa post bilan aniq tashxis qoʻydi: 'Vazirlik doim xinani hayit oʻtgandan keyin qoʻyadi". Yaʼni, vazirlik har doim post-faktum, gʻish qolipidan koʻchib, tizimga ishonib topshirilgan bolalar aziyat chekib boʻlgandan keyin harakat qiladi. Masalan, bolalarning ommaviy zaharlanishi holatida ham shunday boʻlgan edi. Mana endi - bu holat.

Muammo shundaki, har qanday tizimda tizimning barqaror ishlashini taʼminlaydigan va imkon qadar tizimda jiddiy muammolarning oldini olishga qaratilgan protokollar boʻlishi kerak. Misol uchun, bolalarni ovqatlantirish keysida - oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqaruvchidan tortib bolalarning oshqozoniga borib tushishiga boʻlgan har bir bosqichda qanday tekshiruvlardan oʻtadi, kim qaysi bosqichda qanday vazifani bajaradi va nima ish qiladi - hammasi aniq hujjatlashtirilgan boʻlishi, jarayonning har bir ishtirokchisi bu jarayondagi vazifa va masʼuliyatini, qaysi holatda qanday harakat qilishi kerakligini aniq bilishi kerak.

Xuddi shunday, bogʻcha yoki maktabda bolaning muassasa ostonasini hatlab oʻtib kirganidan toki kun tugab, ota-onasiga topshirilguniga qadar kimlar uni qabul qilib oladi, qaysi bosqichda kim uning sogʻligi va xavfsizligiga javob beradi, bola bogʻcha yoki maktabda belgilangan joyida (guruhida, sinf xonasida) boʻlmasa nima qilinadi - bularning hammasi boʻyicha aniq, ishlaydigan, jarayonda ishtirok etadigan har bir masʼul biladigan va amal qiladigan mexanizmlar boʻlishi kerak.

Gazeta.uz nashrida holat yuzasidan eʼlon qilingan maqolada eʼtiborni tortadigan jihatlar bor. Bogʻcha mudirasi "otpuskadaman, xabarim yoʻq edi" deyapti. Va xodimlarining ham hech narsadan xabari yoʻqligini aytyapti. Qizchaning onasi esa bogʻchadagi kameralar ishlamagani va kameralar nima uchun ishlamaganini bogʻcha rahbariyati tushuntirib bera olmaganini aytgan. "Nega elektrik koʻrmagan?" degan savolni qoʻyyapti ona. Yaʼni, hamma masʼul, lekin hech kim masʼul emas.

Mana shu jihatlar ham tizimda tizim yoʻqligini - bolalarning sogʻligʻi, xavfsizligi, taʼlim va tarbiyasi uchun masʼul tashkilotlarda aniq-tiniq protokollar, qoidalar, tartiblar yoʻqligini koʻrsatadi. Ayrim bogʻcha va maktablarda boʻlishi mumkin - lekin bu aksar hollarda tizimning emas, oʻsha muassasada rahbariyat yoki xodimlarning vijdoni va masʼuliyati ishlayotganini koʻrsatadi. Yaʼni ular umumiy qoidani - tizim yoʻqligini isbotlaydigan istisnolar.

Yaqinda bir tadqiqotda qatnashdim. Tadqiqotning asosiy maqsadi taʼlim tizimi barqarorligiga xavf soluvchi omillarni oʻrganish edi. Tadqiqot xulosalaridan biri shu boʻldiki, tizim pro-aktiv emas, reaktiv ishlaydi. Yaʼni tizimda muammolar, xavf-xatarlarni oldindan koʻra bilish va imkon qadar oldini olish mexanizmlari yoʻq. Tizim faqat qandaydir "yongʻin"lar chiqsa ularni "oʻchirish"ga chopadi. Bu holatni jurnalist Sharifa Muroddan post avvalida keltirilgan iqtibos yaxshi tasvirlaydi.

Toki tizim pro-aktiv ishlashga, tizimdagi muammoli vaziyatlar, ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, bartaraf qilish yondashuviga oʻtmas ekan, afsuski, bunday fojialar qaytarilaveradi.
  • 👍 20
  • 🔥 2
Post #4466 1.83K
Va nihoyat, "Curriculum: Foundations, Principles and Issues" kitobining tarjima yarayoniga nuqta qo'yishga muvaffaq bo'ldim. Tarjima juda ko'p vaqt va kuch oldi - kitobning o'zi ham juda katta, 10 bobdan va katta formatda qariyb 400 betdan iborat, ko'plab izohlar, tushuntirishlar, jadvallar, qiyoslashlarni o'z ichiga oladi. Tili ham birmuncha og'ir.

Boblar tarjima jarayonida tahrir qilib borildi - o'ylaymanki, oxirgi bobini tahrirlash va kitobni yaxlit holda nashrga tayyorlash uzoq cho'zilmaydi va kitob tez orada o'zbek kitobxonlari qo'liga yetib boradi. Umid qilamanki, kitob ta'lim sohasida qarorlar qabul qiluvchilar va bevosita ta'limni amalga oshiruvchilar, shu jumladan, o'quv dasturlarini yaratish va joriy qilishga mas'ullar uchun, shuningdek, pedagogika yo'nalishi tabalari, magistrantlari va tadqiqotlari uchun muhim manba bo'ladi.

Kitob "1000 kitob" loyihasi doirasida "Zabarjad media" nashriyoti tomonidan chop etilishi rejalashtirilgan.
  • 👍 21
  • 🔥 10
  • 👏 6
Post #4464 2.23K
PISAning asosiy xulosalaridan biri - biz oʻrganish jarayonini samarali qilishi mumkin boʻlgan innovatsiyalardan, xususan, SIdan butunlay voz kechmasligimiz, balki uni toʻgʻri ishlatishni oʻrgatishimiz (va oʻrganishimiz) kerak. SI bilan ishlashda muhim koʻnikmalardan biri - savollarni toʻgʻri qoʻyish. "Farengeyt Press" "Asl intellekt" turkumida chop etgan "Argument: asoslash va bahs mahorati" kitobida SIdan foydalanish, soʻroqlarni (prompt) toʻgʻri qoʻyish va SI beradigan javoblarni saralash boʻyicha alohida qism ajratilgan. Kitobning boshqa qismlarida keltirilgan qoidalar bilan birgalikda bu qoidalar SIning "gaplari"ni koʻr-koʻrona qabul qilmasdan, fikrlash va baho berishga oʻrgatadi.
  • 👍 6
Post #4463 1.98K
Oʻrganish va sunʼiy intellekt

"Maktab oʻquvchilarini tajriba-sinov manekenlariga aylantirishni bas qilaylik" deb nomlangan va The Economist nashrida chop etilgan maqolasida PISA testi asoschisi Andreas Shlyayxer PISAda qatnashgan aksar davlatlarda tabiiy-ilmiy va matematik savodxonlik darajasi tushib ketgani sabablari haqida mulohaza yuritar ekan, buni oʻqish savodxonligi darajasi tushganligi bilan bogʻlaydi. "Oʻqish - barcha oʻrganish uchun asosiy darvozadir" (Reading is a gateway to all learning) deb yozadi u. Oʻquvchilar koʻproq vaqtini ijtimoiy tarmoqlar lentalarini tez koʻzdan kechirish bilan (skimming) oʻtkazar ekanlar, bu ularning murakkab matnlar va maʼlumotlar bilan ishlash qobiliyatlariga salbiy taʼsir qilayotgan boʻlishi mumkin, deb yozadi Shlyayxer.

Shlyayxer sunʼiy intellektning (SI) bu jarayonga taʼsiri haqida ham mulohaza yuritadi. Birinchi qarashda, PISA natijalari asosida SIning salbiy taʼsiri haqida gapirish mumkin: matnlarning qisqa xulosasini olish (summarize) uchun SI chatbotlaridan foydalanadigan oʻquvchilarning test ballari bu maqsad uchun SIdan foydalanmaydigan oʻquvchilarning ballariga qaraganda pastroq, shuningdek, SIdan foydalanadigan oʻquvchilarda intrinzik (ichki) motivatsiya pastroq. (Qizigʻi, PISAda qatnashgan Oʻzbekistonlik o‘quvchilarning 49 foizi o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun SI chat-botlaridan haftasiga kamida bir marta foydalanishini aytgan - bu koʻrsatkich OECD davlatlarining oʻrtacha koʻrsatkichidan balandroq).

Lekin, deb yozadi Shlyayxer, yechim - SIni inkor qilishda emas. Yechim - uni qanday ishlatishni qayta koʻrib chiqishda. Xitoy, Estoniya, Janubiy Koreya yoki Singapur kabi yuqori natijalar koʻrsatayotgan davlatlarda SIdan oʻquvchilarga tayyor javoblarni berish uchun emas, ularni toʻgʻri savollar qoʻyish, analitik fikrlash va samaraliroq oʻrganish uchun foydalanilmoqda. Maktablarda SIdan qachon, qayerda va qanday qilib foydalanish boʻyicha aniq qoidalar boʻlishi kerak. Taʼlim beruvchilar fikrlashni toʻliq SIga ham berib yubormasliklari (outsource), shu bilan birga oʻrganishni haqiqatda ham samarali qilishi mumkin boʻlgan innovatsiyadan butunlay voz kechmasliklari kerak, deb xulosalaydi Shlyayxer.
The Economist Stop turning schoolchildren into crash-test dummies AI can help in classrooms but it needs to be treated with caution, says Andreas Schleicher, founder of the PISA test
  • 👍 10
  • 👎 1
Post #4462 2.15K
"Tanaffus" podkastida jurnalist Dilshoda Shomirzayeva bilan birga Ulugʻbek Poʻlatov va "Xalq taʼlimi info" nashri mehmoni boʻldik. Yangi oʻquv yili avvalida Milliy oʻquv dasturlari muhokamasi, davlat maktablaridagi pullik sinflar va umuman, davlat taʼlim tizimi tabaqalanishni ragʻbatlantirayotgani va buning ijtimoiy oqibatlari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildik.
YouTube #40 Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar" l "Tanaffus" podkast Davlat maktablarida 29 mln so‘mlik pullik sinflarning ochilishi, Milliy o‘quv dasturi va 1-sinfga qabul jarayonida kuzatilayotgan “stavkalar” — jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan. "Tanaffus" podkastining 40-sonida ayni shu…
  • 👍 3
Post #4461 1.99K
Ham ostidan, ham ustidan

Ajoyib. Maktab kutubxonalarida yoʻq, oʻquvchilar qoʻlida yoʻq, kitob doʻkonlarida bor. Yaʼni ota-onalar ham bu kitoblar uchun soliqlari hisobidan trillionlar toʻlashi kerak, ham sotib olishi kerak. Bakiroo doim aytadigan "ham ostidan, ham ustidan" yondashuvi shunday boʻladi shekilli.

Nega bu kitoblar oʻquvchilarda yoʻq? Qachon boʻladi? Bu savolga kim javob berishi kerak? Millionlab nusxalarda darsliklar nashr qilgani haqida hisobotlar berayotgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligimi? Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalariga masʼul Respublika taʼlim markazimi? Darsliklarni monopollashtirib olgan "Novda"mi? Yoki odatdagidek, masʼul tashkilot koʻp-u, masʼuliyatni boʻyniga oladigani yoʻqmi?
  • 👍 19
  • 🔥 7
  • 👎 3
  • 😢 2
Post #4460 10.9K
"Shapka"lar qaytmasligi uchun tanlov kerak

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy sertifikat imtihonlari uchun roʻyxatga oʻtish boʻyicha limitlar oʻrnatilgani muhokama qilindi. Milliy sertifikat imtihonlarini oʻtkazishga masʼul Bilimlarni baholash agentligi rasmiy bayonot bilan chiqib, limitlar belgilanganini tan oldi va buni imtihonni sifatli oʻtkazish, imtihon natijalarini belgilangan muddatlarda qayta ishlab, eʼlon qilish zarurati bilan izohladi. Maqsad - sertifikat oluvchilar sonini sunʼiy cheklash emas, deyiladi agentlik bayonotida. Milliy sertifikat va u asosida maksimal ball olgan abituriyentlar sonining koʻpayib ketishi bilan bogʻliq oxirgi muhokamalar fonida jamoatchilik agentlikning limitlar borasidagi harakatini aynan sertifikat olishi mumkin boʻlganlar sonini sunʼiy cheklash sifatida qabul qilganini ham tushunish mumkin.

Shu oʻrinda bir mulohaza. Tashkilot oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, oʻzi taklif qiladigan xizmatlarga cheklovlar qoʻyishi normal holat. Masalan, IELTS singari imtihonlarda ham har safar imtihon sessiyalariga cheklanmagan sonda talabgorlar qabul qilinmaydi - oldindan yozilib, pulini toʻlab qoʻymasangiz, joylar tugab qolishi mumkin. Chunki bunday imtihonlarni oʻtkazish va natijalarini tekshirish resurs talab qiladi, misol uchun, yozma va ogʻzaki qismini tekshirish uchun baholovchilar jalb qilinadi. Agar talabgorlar haddan tashqari koʻpayib ketgan holatda tashkilot mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, sifatni taʼminlash qiyinligini tushunsa va aynan shu sifatni taʼminlash uchun cheklovlar joriy qilsa - bu normal holat.

Lekin bu yerda tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Raqobat va tanlov boʻlmagan sharoitda har qanday cheklov bu cheklovlarni aylanib oʻtish uchun korrupsion yoʻllarni ("shapkalar" va hokazo) topishga undaydi. Oʻsha IELTS misolida - Britaniya Kengashida imtihon uchun joylar toʻlgan boʻlsa va sizda keyingi imtihon sanasini kutishga vaqt yoki xohish boʻlmasa, IDPga borishingiz mumkin. U ham boʻlmasa - IELTSga muqobil va u bilan teng tan olinadigan boshqa imtihonlarni topshirishingiz mumkin.

Shunday ekan, agar Milliy sertifikat imtihonlariga yozilish ham "shapka"lar va boshqa korrupsion sxemalarga aylanib ketishini xohlamasak, tanlov boʻlishi kerak. Bunday imtihonlarni tashkil qilish va sertifikat berish uchun vakolat berilgan nodavlat tashkilotlar ham boʻlishi kerak. Masalan, Oʻzbekistonda IELTS imtihonini oʻtkazish vakolatiga ega IDP ham nodavlat tashkiloti. Lekin u bergan sertifikatni butun dunyoda tan olishadi, hech kim "bu sertifikatni nodavlat tashkiloti bergan ekan" demaydi. Shunday ekan, bu sohaga nodavlat tashkilotlari jalb qilinishida hech qanday muammo yoʻq - faqat tegishli xavfsizlik va sifat nazorati protokollarini ishlab chiqish va ularga rioya etilishini taʼminlash kerak boʻladi.
  • 👍 29
Older posts →

About this channel

How can I read @jalilovqaydlar without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Jalilov. Qaydlar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Jalilov. Qaydlar have?
Jalilov. Qaydlar (@jalilovqaydlar) has 4.84K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Jalilov. Qaydlar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →