Loyiha “Pearson” nashriyoti bilan yana bir kelishuvga erishdi – “O‘quv dasturi. Asoslar, tamoyillar va muammolar” (“Curriculum: Foundations, Principles, and Issues”) kitobi mualliflik huquqini xarid qilindi.
Kitob o‘quv rejasining nazariy asoslari, tamoyillari va dolzarb masalalarini atroflicha sharhlab, tarixiy-falsafiy yondashuvlarni zamonaviy ta’lim talablari bilan uyg‘unlashtiradi. Mualliflar maqsadlarni belgilash, mazmunni tanlash, metodikani loyihalash va natijalarni baholash jarayonlarini ketma-ket ko‘rib chiqib, jamiyat qadriyatlari hamda o‘quvchi ehtiyojlarini muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidlaydi.
Alohida boblarda texnologiyalar, raqamli savodxonlik va kasbga yo‘naltirishning o‘quv rejasini yangilashdagi ta’siri muhokama qilinib, amaliy “Curriculum Tips” hamda auditoriya uchun muhokama mavzulari keltiriladi.
📝 Mualliflar haqida
Alan Ornshteyn – AQShning Sent-Jons universitetida Ma’muriy va o‘quv jarayoni rahbarligi bo‘yicha professor. U ta’lim sohasiga oid 54 ta kitob va 400 ga yaqin maqolalar muallifi bo‘lib, 75 dan ortiq davlat va ta’lim tashkilotlari, jumladan Chikago va Nyu-York shahar maktab okruglari uchun maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. U “Fulbright-Hayes” stipendiyasi sohibi va keyinchalik ushbu tanlov qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.
Frensis Hankins 35 yil davomida Vashington universitetining Ta’lim kollejida umumiy o‘quv dasturi, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv dasturi masalalari va o‘quv dasturi nazariyasi bo‘yicha ixtisoslashgan ta’lim professori bo‘lgan.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
