Qadrli ustozlar va murabbiylar!
Biz dunyoning eng sara asarlarini o‘zbek tiliga olib kelar ekanmiz, yoshlarning ko‘proq mutolaa qilishi, izlanishi, mustaqil fikrlashi va dunyoqarashini kengaytirishini istaymiz.
Ko‘pchiligimizning ilmga qiziqishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz ortida bizga yo‘l ko‘rsatgan insonlar turadi. Ular tavsiya qilgan bir asar, bergan bir maslahat yoki bildirgan ishonch hayotimizdagi muhim tanlovlarga ham ta’sir qiladi.
Bugun biz tayanayotgan tajriba, erishayotgan natijalarimizda muallimlarimiz bergan ta’lim va tarbiyaning hissasi katta.
1000KITOB jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #1065
553

- ⚡ 7
- ❤ 3
- ❤🔥 2
- 🥰 2
- 🏆 1