Parijda faoliyat yurituvchi xalqaro jurnalist Peter Yeung 1000KITOB loyihasiga qiziqish bildirdi. Shu munosabat bilan jurnalist va loyiha jamoasi ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida loyihaning asosiy maqsadi va bugungi natijalari, kitoblarni tanlashdan boshlab tarjima, tahrir va nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar, shuningdek, loyihaning kelgusi rejalari hamda uning o‘zbek kitobxoni uchun ahamiyati xususida fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Peter Yeung – xalqaro mavzularda ijod qiluvchi mustaqil jurnalist. Uning maqola va reportajlari The Guardian, BBC, National Geographic, The New York Times, Bloomberg, Reuters, Financial Times va The Washington Post kabi nufuzli nashrlarda e’lon qilingan. Jurnalist turli mamlakatlardagi ijtimoiy jarayonlar, insonlar hayoti va global ahamiyatga ega mavzularni yoritib keladi.
Davlatimiz rahbari qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan va o‘zbek kitobxoni uchun boshlangan 1000KITOB tashabbusi bugun O‘zbekistondan tashqarida ham e’tibor qozonayotgani quvonarli.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
