TGViewer
Channel Public Channel
Dilshooda

Dilshooda

@dilshomirzayeva

Subscribers
797
Photos
91
Videos
40
Links
141
Recent Posts 20 shown
Post #321 241

Forwarded from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

– Bola bolalar muassasasi hududida “hech kimniki” bo‘lishi mumkin emas.

– Hech bir xodim bola bilan xoli (yolg‘iz) qolish huquqiga ega emas.

– Xonalar bolalar huquqlariga rioya qilgan holda ularni doimiy ravishda nazorat qilish imkoniyati bo‘ladigan tarzda rejalashtiriladi.

– Har qanday xodimni ishga qabul qilish ko‘p bosqichli skrining, malakani tekshirish va “o‘tmish auditi”ni o‘z ichiga oladi.

– Butun xodimlar tarkibi bolalar bilan ishlash bo‘yicha davriy sertifikatsiyadan o‘tadi.

– Xodimlar xavf-xatarlar va qoidabuzarliklar haqida xabar berishdan qo‘rqmasliklari kerak.

Dunyo amaliyotida bolalarni himoya qilish bolalar bilan ishlaydigan barcha muassasalar va ularning xodimlari uchun majburiy bo‘lgan qat’iy standartlar, protokollar, reglamentlar va talablarga asoslanadi. Ularning misollari yuqorida keltirilgan. Bu xavf-xatarlarni minimallashtirish uchun zarur bo‘lgan bazaviy minimal shartdir.

Namangandagi bog‘chada qizchaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik O‘zbekiston ta’lim va tarbiya tizimida bunday himoya mexanizmlari mavjud emasligini ko‘rsatdi. Gazeta sharhi:

https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/28/children/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 5
  • 👎 1
Post #320 382
“Shahar yashilligi yomon ahvolda”. Toshkentda daraxtlar sinib yiqilyapti, nega?

2 sentyabr kuni Toshkentda Forumlar saroyi yaqinida katta daraxt ikkita avtomobil ustiga qulab tushdi. Bundan 2 yil oldin Chilonzor tumanida ham shunday voqea sodir bo‘lib, oqibatda 1 yoshli qiz vafot etgandi.

O‘shanda suv quvurlarini ta’mirlash maqsadida qazish ishlari olib borilgani uchun daraxt ildizi ochilib qolgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlanib, jinoyat ishi ham ochilgandi.

Xo‘sh, poytaxtda daraxtlar tez-tez qulayaptimi? Buning sababi nimada? Toshkent shahrining yashilligini yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? Gazeta mavzuni dendrolog Atirgul Xolmirzayeva bilan muhokama qildi.

Matn

Video
  • 👍 5
Post #319 335
“Nizosiz chiqib ketish uchun og‘ir-bosiq bo‘lishimiz kerak”. Organ xodimlari bilan muloqotda qanday huquqlar bor?

Tasavvur qiling, IIO xodimi sizni to‘satdan to‘xtatib, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni so‘rab qolsa yoki telefoningizdagi ma’lumotlarni tekshirmoqchi, avtomobilingizni tintuv qilmoqchi bo‘lsa, bu vaziyatda nima qilgan bo‘lardingiz?

Gazeta insonlar o‘z huquqlarini yaxshiroq bilishi, bu orqali o‘zlarini himoya qilishlari uchun “AdvoKast” huquqiy podkastini davom ettiradi. Ko‘rsatuvning 2-sonida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan muloqot va shu fonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqoridagi kabi ayrim keyslar muhokama qilindi.

Unda huquqshunos Jahongir Mutalibov bunday vaziyatlarda fuqarolar o‘zini qanday tutishi mumkinligi borasida tavsiyalarini ham berib o‘tgan.

Matn

Video
  • 👍 2
Post #318 416

Forwarded from Jalilov. Qaydlar

"Tanaffus" podkastida jurnalist Dilshoda Shomirzayeva bilan birga Ulugʻbek Poʻlatov va "Xalq taʼlimi info" nashri mehmoni boʻldik. Yangi oʻquv yili avvalida Milliy oʻquv dasturlari muhokamasi, davlat maktablaridagi pullik sinflar va umuman, davlat taʼlim tizimi tabaqalanishni ragʻbatlantirayotgani va buning ijtimoiy oqibatlari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildik.
YouTube #40 Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar" l "Tanaffus" podkast Davlat maktablarida 29 mln so‘mlik pullik sinflarning ochilishi, Milliy o‘quv dasturi va 1-sinfga qabul jarayonida kuzatilayotgan “stavkalar” — jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan. "Tanaffus" podkastining 40-sonida ayni shu…
  • 👍 7
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #317 553
“Tarix faqat o‘zimizga tegishli emas, u mintaqaniki”. O‘zbekistonning davlatchilik tarixi qanday hikoya qilinyapti?

2026-yil 1-sentabrida O‘zbekiston 35 yillik mustaqilligini nishonladi. Bayram tadbiri Yangi Toshkent hududida katta tantanalar bilan o‘tdi. Bu yilgi dastur chiqishlari doimgi ssenariylardan biroz farqlandi. Aynan davlatchilik tarixining qisqa xronologiyada gavdalanganini ko‘pchilik iliq kutib oldi.

Xo‘sh, bu safargi mustaqillik tadbirida qanday siyosiy va tarixiy ishoralar berildi? Bugungi O‘zbekiston qaysi davrning vorisi sifatida ko‘rilyapti? Hukumat nimalarga da’vo qilmoqda? Gazeta tarixchi Bahrom Irzayev hamda siyosatshunos Hamid Sodiq bilan ayni mavzuni muhokama qildi.

Matn


Video
  • ❤ 8
  • 👍 4
  • 🔥 3
Post #316 1.55K
“Raqobat mumkin joyda davlat bo‘lmasligi kerak”. Davlat mulkini xususiylashtirish, biz nimalarda xato qilyapmiz?

Avgust oxirida iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish to‘g‘risida prezident farmoni imzolanib, O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan yirik davlat aktivlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, bir qancha moliyaviy muassasalar, sanoat, transport va savdo korxonalaridagi ulushlar sotiladi.

Ayni vaziyat fonida Gazeta iqtisodchi Otabek Bakirov bilan mulkchilik shakllari va xususiylashtirish siyosatini muhokama qildi. Unda O‘zbekistonda yagona mulkchilikdan qachon voz kechila boshlangani, xususiylashtirishning mohiyati, bu jarayon idealda qanday kechishi kerakligi hamda oddiy xalq uchun uning ahamiyati haqida so‘z boradi.

Matn


Video
  • 👍 12
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #315 732
PISA, SSPE va endi alifbo…

Sentabr juda ajoyib keldi. Yashayveraylikchi, koʻraverarmiz koʻrguliklarni.
  • 👍 9
  • 🤯 5
Post #314 583

Forwarded from Latipov [uzb]

Tabriklayman, tez orada o‘zbek tilida uchta alifbo bo‘ladi

Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi o‘sha qonunni ma’qulladi. Qonun kuchga kirishi uchun uni prezident imzolashi kerak.

Men bu mavzuda avval ham yozganman. O‘zgarishlarga qarshi ekanimning sababi Sh menga prinsipial ravishda yoqib, Ş yoqmasligida emas (garchi Şuxrat unchalik yaxshi ko‘rinmasa ham) yoki hozirgi alifboni ideal deb hisoblashimda ham emas.

Yana takrorlayman: men umuman tilshunos emasman, u yoki bu tovushni qaysi harf aniqroq ifodalashi haqida filologlar bilan bahslashadigan mutaxassisligim yo‘q.

Mening asosiy savolim boshqa: bu islohotning jamiyat uchun narxi qancha? Millionlab odamlarning o‘zlari o‘rganib qolgan bir yozuv tizimidan boshqasiga o‘tishining narxi qancha?

O‘zbekiston 30 yildan ko‘proq vaqt oldin kirilldan lotin yozuviga o‘tishni boshlagan. Biz esa bu jarayonni haligacha yakunlamadik. Bugun Senatda ham bu holat amalda tan olindi. Kirill yozuvi hanuz hujjat aylanishida qo‘llaniladi, axborot makonining sezilarli qismi ham shu yozuvda ishlaydi.

Ya’ni bizda hozirning o‘zida o‘zbek tilining ikkita yozuv olami mavjud. Badiiy va texnik adabiyotlarning, xorijiy adabiyot tarjimalarining, arxivlar va hujjatlarning ulkan qatlami kirill yozuvida yaratilgan. So‘nggi yillarda hozirgi lotin yozuvida ham xuddi shunday ulkan qatlam shakllandi. Endi buning ustiga uchinchi variantni yaratmoqdamiz.

«Atigi to‘rtta harf o‘zgaryapti», deb istagancha aytish mumkin. Ammo o‘qish uchun bu katta muammo. Ravon o‘qishni o‘rgangan odam har bir so‘zni harflab o‘qimaydi. Biz tanish so‘zlarni yaxlit, ularning grafik ko‘rinishi orqali taniymiz.

Ammo endi o‘qishdagi odatiy avtomatizmni qaytadan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha kognitiv yuklama paydo bo‘ladi: yangi yozilishni tanish, unga ko‘nikish, keyin esa u bilan eski matnlarning ulkan massivi o‘rtasida doimiy ravishda almashib turish kerak bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi islohot sabab darsliklarga qo‘shimcha xarajat bo‘lmasligini aytmoqda. Ular shunchaki rejali yangilanish davomida yangi alifboga o‘tkaziladi: 1-sinf darsliklari har yili, 2-4-sinflarniki uch yilda bir marta, 5-11-sinflarniki esa besh yilda bir marta yangilanadi. Jarayonni 2031-yilgacha to‘liq yakunlashmoqchi.

Ammo Bektosh Xatamov bu holat bola ko‘zi bilan qanday ko‘rinishini juda yaxshi tasvirlab berdi.

Birinchi sinfda u Sh va Ch ni o‘rgandi.

Ikkinchi sinfda eski darslik bo‘yicha o‘qishni davom ettirdi.

Uchinchi sinfga kelganda darslik aynan shu yili yangilandi – unda endi Ş va Ç bor.

To‘rtinchi sinf darsligining almashtirish muddati hali kelmagan – yana Sh va Ch.

Beshinchi sinfda yangi darslik – yana Ş va Ç.

Bosqichma-bosqich almashtirish modelining o‘zi bir maktabning ichida bir alifboning turli variantlaridagi darsliklardan bir vaqtning o‘zida foydalanilishiga imkon beradi. Shu bilan birga, rasmiylar qonun kuchga kirgach, imtihonlar yangi alifboda o‘tkazilishini aytmoqda.

Maktab bolaga bir standartni o‘rgatadi, ammo u o‘nlab yillar davomida to‘plangan bilimlardan foydalanishi uchun baribir eski alifboda ham o‘qishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi.

Xarajat deganda faqat darsliklarni yangilashni tushunmaslik kerak. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash, seminarlar o‘tkazish, metodik qo‘llanmalar chiqarish, test va imtihon materiallarini qayta ishlab chiqish, elektron ta’lim tizimlarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Klaviaturalar, dasturlar, ma’lumotlar bazalari, lug‘atlar.
Peshlavhalarni, gerbni va uning tasviri tushirilgan buyumlarni yangilash. Hujjat aylanishini qayta tashkil etish. Bularning barchasi ham pul.

Bundan tashqari, darsliklarga ketadigan xarajatlardan ham kattaroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan tranzaksion xarajatlar bor. O‘qituvchining qayta o‘qishga sarflagan vaqti, bolaning moslashishga sarflagan vaqti, moslashish davrida o‘qish tezligining pasayishi.

Xususiy biznesning ham xarajatlari bor – saytni qayta ishlash, peshlavhani almashtirish, dasturiy ta’minotni yangilash.

Bugun qonun kuchga kirganidan keyin barcha OAVni yagona tasdiqlangan alifboga o‘tishga majbur qilish rejalashtirilayotgani ham aytildi. OAVning manfaatlari-chi? Faraz qilaylik, o‘zbek tilidagi bir nashr auditoriyasining sezilarli qismi kirill yozuvida o‘qishga o‘rganib qolgan. Endi nashr kirilldan voz kechishi kerakmi? Unda o‘quvchilarning bir qismi shunchaki uni o‘qimay qo‘yadi.

«Kirill / lotin / yangi lotin» o‘rtasida o‘tish tugmasini qoldirish kerakmi? Unda yana o‘sha uchta variantni olamiz. Ya’ni hamma narsani birxillashtirishi kerak bo‘lgan islohot o‘tish davrida, aksincha, muhitni yanada ko‘proq parchalab yuboradi.

2026-yilda faqat maktab darsliklarini yangilash uchun budjetda qariyb 2 trln so‘m ko‘zda tutilgan. Holbuki, bizdagi muammo darsliklarda yangi harflar yetishmayotganida emas.

Har yili ayrim maktablarda bolalar o‘quv yili boshida zarur kitoblarni ololmagani haqida xabarlar chiqadi (mana, so‘nggi videolar). Ayrim hollarda yanvargacha elektron nusxalardan foydalanib, sahifalarni mustaqil ravishda printerdan chiqarishga to‘g‘ri kelgan.

Darsliklarni chop etish sohasi monopollashgani sababli (ilgari ularni tender orqali bir nechta bosmaxona yetkazib bergan bo‘lsa, hozir bitta kompaniya nashr etadi) bolalar printerda chiqarilgan kitoblar bilan o‘qishga majbur bo‘lmoqda. Darsliklar esa maktablarning eng katta muammosi ham emas.

So‘nggi yillardagi tadqiqotlarga ko‘ra, maktablarda normal hojatxonalar, sport zallari, oshxonalar, kompyuterlar yetishmaydi. So‘nggi yillarda maktablar kamroq qurilmoqda (statistikani keyinroq alohida ko‘rib chiqaman), shu sabab ko‘plab bolalar hamon bir necha smenada o‘qishga majbur.

Mana, bugunning o‘zida millionlab bolalarning sog‘lig‘i, qulayligi va ta’lim sifatiga ta’sir qilayotgan muammolar ro‘yxati. Biz (aniqrog’i tepadagilar) esa harflar bilan shug‘ullanishga qaror qildik.

Men haligacha eng muhim savolga normal javob ko‘rmadim: bu qaror qaysi tadqiqot asosida qabul qilindi? Bizga o‘zgarishlar ustida qariyb o‘n yil ishlangani va ilmiy tadqiqotlar hisobga olingani aytilmoqda.

Yaxshi. Ular qayerda? Hech bo‘lmasa bir nechta maktabda o‘tkazilgan tajriba qayerda? Bir guruhi hozirgi lotinda, ikkinchi guruhi yangi lotinda o‘qigan bolalar bilan o‘tkazilgan sinov qayerda? O‘qish tezligi bo‘yicha o‘lchovlar qayerda? O‘qilgan matnni tushunish darajasi-chi? Turli yoshdagi bolalarga moslashish uchun qancha vaqt kerak bo‘lgani o‘lchandimi? O‘tish kattalarga qanday ta’sir qiladi? Biznes uchun o‘tishning narxi qancha? Soliq to‘lovchilar uchun-chi?

Qonun qabul qilinishidan oldin jamiyatga bularning birortasi taqdim etilganini ko‘rmadim. Faqat bosqichma-bosqich o‘tish va klaviaturada yozish noqulayligi haqida eshityapman.

Bundan tashqari, qonun loyihasining o‘zi ham to‘laqonli ommaviy jamoatchilik muhokamasidan o‘tmadi. Ovoz berishdan oldin katta ochiq munozara, ishlab chiquvchilar shu savollarga javob beradigan matbuot anjumani ham bo‘lmadi.

Holbuki, bu qaror mamlakatdagi deyarli har bir insonga va kelajakdagi bir necha avlodga taalluqli. Men avval qaror tepada qabul qilinib, keyin aholiga nega u to‘g‘ri ekani va nega baribir bir kun kelib hamma unga ko‘nikishi tushuntiriladigan yondashuvga qarshiman. So‘nggi paytlarda deyarli barcha qarorlar aynan shunday qabul qilinmoqda.

Biz 30 yildan ko‘proq vaqt davomida bir alifbodan boshqasiga o‘tishni yakunlay olmadik. Endi esa uni tugatish o‘rniga bu jarayonni «nollashtirib», hammasini boshidan boshlashga qaror qildik.

@latipovuzb
  • 👍 8
Post #313 414

Forwarded from Uzbekonomics

Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.

Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.

Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi.

Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi.

Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar.

Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos.

@uzbekonomics
  • 👍 7
Post #312 489
Lirik chekinish, san'at qalbni yumshatadi. Bahramand bo‘laylik)



Azizim! Naqadar she’rga o’xshaysan!
Eslasam, nurlanar ruhim yorug’dan,
Eslasam, g’ijimdir dilim og’riqdan…
Sen so’zda to abad qolmoqqa shaysan —
Magarkim, she’r yozsam, kechib borlikdan.

Sen she’rsan! Yetmoqqa qaydadir sabot —
Gar ishqning oshkormas, pinhonidaman.
Pinhonning beqaror bir holidaman…
Sen yo’qsan — tosh ichra qoqyapman qanot,
Sen yo’qsan — falakning zindonidaman.

Usmon Azim, 2016
  • 👍 10
  • 🔥 5
  • 🤔 1
Post #308 723
Alifbo islohotining ham moddiy, ham ijtimoiy qimmat loyiha ekanini boshidanoq hamma bilardi, menimcha.

Bilib turib, shu yoʻlni oqlaganlarda mas’uliyat koʻproq endi. Albatta, oqlamaganlar va befarqlar ham bir qatorda javobgar.

Ammo alifbo oʻzgarishini soʻragan, qonunni tayyorlagan, qabul qilgan, ma’qullagan, olqishlagan, imzolaganlar! Sizlar koʻproq aybdorsizlar.
  • 🔥 13
  • 👎 3
  • ❤ 2
  • 🤔 2
  • 🤯 1
Post #307 760
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari O‘zbekistonda 2027−2031-yillar davomida darsliklarni yangi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Birinchi sinflar yangi darsliklarga boshqalardan oldinroq o‘tadi. MMTV rahbari o‘rinbosari o‘qituvchilar uchun seminarlar tayyorlanayotganini…
Trlnlab summa…
  • 🤯 7
  • 👍 3
  • 😁 3
Post #306 838
Ta'limdayam, sog‘liqni saqlash sohasidayam eng ko‘p bolalarga jabr bo‘lyapti. Hayronman juda, hayronki vayronman.
  • 🤯 18
Post #305 736

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi

PISA testlari va umuman shunaqa o’lchovlar xuddi oyina yoki taroziga o’xshaydi. Ularni aldasa bo’lar lekin haqiqat o’zgarmaydiku. Necha yil masalan daromadlarimiz yuqori ko’rinsin deb kursni o'zgartirib keldik. Ta'lim ko'rsatkichlarini bulg'ash faqat o'zimizga zarar.
  • 👍 14
  • ❤ 1
Post #304 793

Forwarded from Jalilov. Qaydlar

Yana PISA natijalari haqida

Men haligacha tushuna olmayotgan bir narsa - O'zbekistonning tabiiy savodxonlik (Science) natijalaridagi keskin ko'tarilish. O'zbekiston uchun xursandman, lekin rostini aytaman - bu natijalar menda xavotir ham uyg'otyapti. Sababini tushuntiraman.

O'zbekistonning 2022-yildagi PISA natijalarida tabiiy fanlar bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichi 355 edi. PISA-2025da - 438. Farq - 83 ball. PISAda 20 ball - tipik 15 yoshli o'quvchining 1 yillik o'qishi. Ya'ni, O'zbekiston 3 yilda (2022dan 2025ga) ta'lim sifati borasida 4 yillik o'sishni namoyish qilgan bo'lib chiqyapti. PISA tarixida hech qaysi davlat bunday qisqa davr ichida bunday katta o'sish ko'rsatmagan. Qolaversa, O'zbekiston ichidan turib bilamizki, shu 3 yil davomida ta'lim tizimida uning sifatini qisqa muddat ichida, tubdan o'zgartiradigan qandaydir olamshumul islohot bo'lgani yo'q.

Shunday ekan, O'zbekistonning bunday katta "sakrashi" sabablari nima bo'lishi mumkin? Buning ustiga, matematika va o'qish natijalari "nomuvofiqliklar" sababli bekor qilingan bo'lsa? Axir, ta'lim tizimida jiddiy sifat o'zgarishi ro'y berib, tabiiy fanlar bo'yicha "katta sakrash" qila olgan bo'lsak, bu sifat o'zgarishi o'qish savodxonligi va matematikaga ham ijobiy ta'sir qilishi kerak emasmidi?
  • 🤔 7
  • 👍 4
Post #303 771

Forwarded from Şokir Tursun qaraşlari

Menimcha, pulga kuydik!

Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli blogerlar bilan ogʻzimizga urishgandi. Qani endi mas’ul odam?

Diqqat qiling, matematika va oʻqish savodxonligi ballari hozircha e’lon qilinmadi emas, ballar bor, ular shubhali boʻlgani uchun chiqarib yuborilgan.

@birgap
  • 👍 12
  • 😁 9
Post #302 982
G‘alati prinsip va prioritetlar bilan yashayapsiz, hurmatlilar! Bosing! Qirolligimiz qashshoqlashib qolmaydi, hammasini xalqingiz to‘laydi. Rosti, odam yozaverib, zerikib ham ketdi. Har tubning tubi borligini isbotlashdan charchamanglar, ishqib)

Mabooodo, adashib bo‘lsa ham sog‘lomlashib qolmanglar, sizlarga yarashmaydi, biz ham hayron bo‘lib qolamiz bo‘lmasa. Bosingizlar!
  • 🔥 13
  • 👍 4
Older posts →

About this channel

How can I read @dilshomirzayeva without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Dilshooda: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Dilshooda have?
Dilshooda (@dilshomirzayeva) has 797 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Dilshooda know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →