TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45786 11.3K
Rasmiy munosabat

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgan.

Voqeaga aloqador hamda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tashkilotlar vakolati doirasida zarur choralar ko‘rilishi, aybdorlar jazolanishi ta’minlanadi.

Ta’lim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlar boshqa bog‘chalarda ham takrorlanmasligi uchun vazirlikning maxsus Ishchi guruh a’zolari tomonidan hozirda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda va barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Bizni kuzating:

❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedi
More from @uzedu
  1. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli yuqori sinf o‘quvchilari! ▪️ Bolalar kontentini rivojl…
  2. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli bog‘cha tarbiyachilari! ▪️ Bolalar kontentini rivojlan…
  3. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli ustozlar! ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi…
  4. Sep 26, 2026📎28-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan mashg'ulot…
  5. Sep 26, 2026#Buxoro #Йил_ўқитувчиси ”Yil o‘qituvchisi" tanlovi orzularimni ro‘yobga chiqardi" ✅ Peshku…
  6. Sep 25, 2026#Экологик_таълим Maktablarda ekologik ta’lim va tarbiya ✅ Umumta’lim maktablarida ekologik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →