Maktablarda ekologik ta’lim va tarbiya
✅ Umumta’lim maktablarida ekologik bilimlar tabiiy fanlar, biologiya, geografiya, kimyo, fizika va boshqa fanlar orqali o‘rgatiladi.
🔹 O‘quvchilar tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillik va iqlim o‘zgarishi haqida bilimlarga ega bo‘lmoqda.
🌱Shu bilan birga, o‘quvchilarni amaliy ekologik faoliyatga jalb etish maqsadida turli tanlovlar, ekochempionatlar va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.
🫥Jumladan, “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
2026-yilda tanlovning saralash bosqichida 8 865 ta jamoa (70 920 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi. Respublika bosqichida esa 14 ta jamoadan 112 nafar o‘quvchi qatnashdi.
➡️Videolavha Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 217-maktabda tasvirga olingan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi