TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45779 17.7K
📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.


Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva.


JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
More from @uzedu
  1. Sep 26, 2026⚡ Muhammаdaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi Prezidentimizning Q…
  2. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli yuqori sinf o‘quvchilari! ▪️ Bolalar kontentini rivojl…
  3. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli bog‘cha tarbiyachilari! ▪️ Bolalar kontentini rivojlan…
  4. Sep 26, 2026#bolalar_uchun #soʻrovnoma Hurmatli ustozlar! ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi…
  5. Sep 26, 2026📎28-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan mashg'ulot…
  6. Sep 26, 2026#Buxoro #Йил_ўқитувчиси ”Yil o‘qituvchisi" tanlovi orzularimni ro‘yobga chiqardi" ✅ Peshku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →