TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6616 20.9K
#operatsion_tizim #security

⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash

Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.

O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.

Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.

Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (WIN + R → cmd → ENTER). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G - fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.

support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
• Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
• Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
• Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
• MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• CyberShredder kompyuter dasturi
• DiskDigger mobil ilovasi
• Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
• Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
• Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →