TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4334 20.5K
#operatsion_tizim #security #software

CyberShredder dasturi 🗑❌

CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi.

CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi.

⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi.

🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: https://www.cylog.org/utilities/cybershredder.jsp

📎 CyberShredder v1.12 dasturini yuklab olish.

📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi
• Соло на клавиатуре dasturi
• easyQuizzy dasturi
• Internet Download Manager dasturi
• Punto Switcher dasturi
• Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
• USB Safely Remove dasturi
• Savodxon dasturi haqida
• Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →