TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2674 4.04K
​​#maslahat

Savodxon dasturi haqida

Savodxon
dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir. Uning yordamida siz matndagi imlo xatolarini aniqlashingiz va kontentingiz sifatini oshirishingiz mumkin.

Savodxon dasturi asos va qoʻshimchalar bazasidan foydalangan holda tekshirish uchun yuborilgan soʻzlarni tahlil qiladi va ular orasidan xato yozilganlarini ajratib beradi. Xato deb topilgan soʻzlarni ostida qizil chiziq bilan ajratiladi. Xato soʻzlar ustiga kursorni olib borib, sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganida, dastur shu soʻz uchun toʻgʻri variantlar roʻyxatini taklif qiladi.

Dastur kompyuterda kiritish qiyin boʻlgan Oʻ va Gʻ harflarining belgilarini avtomatik toʻgʻrilab ketadi. U matn ustida ishlovchilar mehnatini yengillashtiradi, vaqtni tejaydi va ish samaradorligini oshiradi.

Savodxon dasturini sinab ko‘rish.

📌 Bu yerda keltirib o‘tilgan muammoga yaqin bo‘lganligi uchun ushbu maqolani ham o‘qib, keltirilgan maslahatlarni amalda qo‘llab borishingizni tavsiya etamiz!

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →