TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3681 16.1K
#security #operatsion_tizim #software

Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?🔐

Encrypto - kompyuterdagi fayl yoki papkalarga parol o‘rnatishga yordam beruvchi bepul dastur.

Dasturni yuklab oling va o‘rnating. So‘ngra fayl yoki papkalarga parol o‘rnatish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

1️⃣. Dasturni ishga tushiring.

2️⃣. Uning oynasiga fayl yoki papkalarni olib o‘tkazing (drag’n’drop), dastur oynasidagi tugmalardan biri ustiga bosing yoki fayllarni belgilagan holda, ulardan biri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Encrypt with Encrypto”ni tanlang.

3️⃣. “Password” maydonida parolni, “Hint” maydonida esa, xohishga ko‘ra parol uchun eslatmani ko‘rsating.

4️⃣. “Save As…”ni bosib, shifrlangan faylni saqlash uchun joyni ko‘rsating.

Faylni deshifrlash uchun uni Encrypto dasturi o‘rnatilgan kompyuterda oching, parolni kiriting va deshifrlangan (asl ko‘rinishdagi, shifrsiz) fayllarni saqlash uchun joyni tanlang.

👇🏻O‘QING:
- Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar
- Windows’da papkaga parol o‘rnatish haqida

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →