TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2228 6.37K
​​#android

Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)

Bu qurilma qotib ishlashni boshlasa, ishga tushmasa, bloklanib qolsa va unga kirishning barcha usullari yodingizdan ko‘tarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hard Reset’ni amalga oshirish - bu so‘nggi choradir, chunki u foydalanuvchining barcha sozlamalarini, shuningdek qurilmadagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytaradi.

🔄 Recovery orqali qayta tiklash

1) Qurilmani o‘chiring
2) Recovery menyusiga o‘tish uchun quyidagi tugmalar kombinatsiyasidan birini qo‘llab ko‘rishingiz lozim:
a) Ovozni pasaytirish + ishga tushirish tugmasi
b) Ovozni ko‘tarish + ishga tushirish tugmasi
c) Ovozni ko‘tarish/pasaytirish + ishga tushirish tugmasi + “Uyga” tugmasi
d) Ovozni ko‘tarish + ovozni pasaytirish + ishga tushirish tugmasi

Menyu bo‘ylab siljish ovozni boshqarish tugmalari, bandni tanlash esa ishga tushirish/“Uyga” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.

3) “wipe data/factory reset” bandini tanlang.
4) “Yes — delete all user data” harakatini tasdiqlang.
5) “reboot system now”ni bosing.
6) Qurilmaning o‘zi qayta yuklanadi va birinchi marta ishga tushirilgandagi holatiga qaytadi.

⚙️ Настройки orqali qayta tiklash

1) “Настройки”ga kiring
2) “Восстановление и сброс” bandini toping (Nomlanishi farq qilishi mumkin)
3) “Сброс настроек”ni tanlang
4) Qayta tiklashni tasdiqlang va agar parol yoki grafik kalit o‘rnatilgan bo‘lsa, ularni kiriting
5) “Стереть всё”ga bosing

Android 8.0 va undan keyingilari uchun qayta tiklash

“Система” > “Восстановление и сброс” > “Сброс настроек” bo‘limiga o‘tish orqali “Сбросить к заводским настройкам” bandi aniqlanadi

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →