TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5477 8.41K
#operatsion_tizim #security

⤴️ Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash

Agar kompyuteringiz avvalgiga nisbatan ancha sekin ishlashni boshlasa yoki uni sotish niyatida bo‘lsangiz, uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qadar qayta tiklash sizga yordam berishi mumkin.

1️⃣. Buyruq satrini ishga tushiring. Buning uchun “Пуск” (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка” (“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора” (“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.
2️⃣. Ochilgan qora fondagi oynaga systemreset --factoryreset buyrug‘ini kiriting.
3️⃣. Qayta tiklash rejimini tanlang.
4️⃣. So‘ngra drayverlarni o‘chirish/o‘chirmaslikni tanlang.
5️⃣. “Сбросить” (“Reset”) tugmasiga bosing.

Ushbu harakatlardan so‘ng, operatsion tizim ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan holatga qaytariladi va siz tizimning dastlabki sozlamasi oynasiga yo‘naltirilasiz.

Siz shuningdek ushbu postda ko‘rsatilgani kabi ShK'ni tizim sozlamalari orqali ham qayta tiklashga urunib ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushirish
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →