TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4510 15.8K
#operatsion_tizim

Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash 🔄

Windows'ni qayta o‘rnatish paytida drayverlarni qurilmaga qaytadan o‘rnatish zarurati yuzaga keladi. Ko‘p holatlarda barcha drayverlar avtomatik ravishda ShK tarmoqqa ulanganidan keyin o‘rnatiladi. Har ehtimolga qarshi biz drayverlarning rezerv nusxasini yaratib, zarurat paydo bo‘lganida qayta tiklashimiz mumkin.

📤 Rezerv nusxasini yaratish uchun:

1️⃣. Drayverlarni saqlash uchun istalgan nomdagi, lekin esingizda qoladigan papkani yarating. Misol uchun biz quyidagi yo‘nalish bo‘yicha papkadan foydalanamiz: D:\drivers.

2️⃣. Командая строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring.

3️⃣. Quyidagi buyruqni kiritib, ENTER'ni bosgan holda tasdiqlang: dism /online /export-driver /destination:"D:\drivers".

📥 Tiklash uchun:

1️⃣. Мой компьютер (Этот компьютер)ning Свойства oynasini ekranga chaqiring (sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ushbu belgi ustiga bosish yoki WIN+PAUSE/BREAK klavishlari birikmasi orqali). Oynaning chapki panelidagi Диспетчер устройств (Qurilmalar dispetcheri)ga o‘ting. Kerakli qurilma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Обновить драйверы (Drayverlarni yangilash)ni tanlang.

2️⃣. Выполнить поиск драйверов на этом компьютере (Drayverlarni ushbu kompyuterdan izlash)ni tanlang.

3️⃣. Обзор tugmasi orqali D:\drivers papkasiga bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsating va Включая вложенные папки (Ichki papkalarini ham hisobga olish) bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

📌 P.S.: Windows operatsion tizimini o‘rnatib, barcha drayverlarni o‘rnatib bo‘lgandan keyin ushbu ko‘rsatmaga muvofiq drayverlarning nusxasini yaratib olib, keyin papkani arxiv ichiga olib qo‘ysangiz, Windows qayta o‘rnatish mahali drayver izlab sarson bo‘lmaysiz.

Dastlabki boshqichda ko‘p dasturlar o‘rnatilmagan mahali drayverlardan nusxa olib qo‘yish shunisi bilan ham ahamiyatliki, bunda ortiqcha virusli yoki boshqa zararkunanda fayllarni yuqtirib olish ehtimoli pastroq bo‘ladi. Operatsion tizimingizdan oqilona foydalaning! 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →