TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5446 18.5K
#operatsion_tizim #security #software

❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →