TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4898 7.21K
#operatsion_tizim

Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati (2) 📋

👉🏻 Ushbu maqolaning 1-qismi

• ENDLOCAL – paketli fayl uchun muhit o‘zgarishlari lokalizatsiyasini yakunlaydi
• ERASE – bir yoki bir nechta fayllarni o‘chiradi
• EXIT – cmd.exe (buyruq satrlari interpretatori) dasturining ishini yakunlaydi
• FC – ikki faylni yoki ikkita fayllar to‘plamini taqqoslaydi va ularning orasidagi farqlarni ko‘rsatadi
• FIND – bir yoki bir nechta fayllarda matnli satrni izlaydi
• FINDSTR – fayllarda tanlangan satrlarni izlaydi
• FOR – to‘plamdagi har bir fayl uchun belgilangan buyruqni ishga tushiradi
• FORMAT – diskni Windows 10 bilan ishlash uchun formatlaydi
• FSUTIL – fayl tizimining xususiyatlarini aks ettiradi yoki sozlaydi
• FTYPE – fayl nomi kengaytmalari bo‘yicha solishtirmalarda qo‘llanilayotgan fayl turlarini aks ettiradi yoki o‘zgartiradi
• GOTO – Windows buyruqlar interpretatorini paketli dasturning belgilangan satriga yo‘naltiradi
• GPRESULT – kompyuter yoki foydalanuvchi uchun guruh siyosati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiradi
• GRAFTABL – tizimga kengaytirilgan simvollar to‘plamini grafik rejimda aks ettirishga imkon beradi
• HELP – Windows 10 buyruqlari haqida ma’lumotnoma axborotini aks ettiradi
• ICACLS – fayllar va kataloglar uchun ACL ro‘yxatlarini aks ettiradi, o‘zgartiradi, arxivlaydi yoki tiklaydi
• IF – paketli dasturlarda shartli ishlov berishni amalga oshiradi
• IPCONFIG – barcha tarmoq ulanishlari haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi
• LABEL – disklar uchun tom (fayl tizimi) metka (belgilanish)larini yaratadi, o‘zgartiradi yoki o‘chiradi
• MD – katalog (papka)ni yaratadi
• MKDIR – katalog (papka)ni yaratadi
• MKLINK – ramziy havolalar va mustahkam aloqalarni yaratadi
• MODE – tizim qurilmalarini sozlaydi
• MORE – ma’lumotlarni ketma-ket bir ekran o‘lchamidagi qismlarda aks ettiradi
• MOVE – bir yoki bir nechta fayllarni bitta katalogdan boshqasiga ko‘chiradi
• OPENFILES – masofaviy foydalanuvchilar tomonidan fayl almashinuvi uchun ochilgan fayllarni aks ettiradi
• PATH – bajariladigan fayllarni qidirish yo‘nalishini ko‘rsatadi yoki o‘rnatadi
• PAUSE – paketli faylning bajarilishini to‘xtatadi va xabarni ko'rsatadi
• PING – tarmoqning butligini va undagi ulanish sifatini tekshiradi
• POPD – PUSHD buyrug‘i bilan saqlangan joriy katalogning oldingi qiymatini tiklaydi
• PRINT – matnli faylning tarkibini chop etadi
• PROMPT – Windows 10'dagi buyruq satrini o‘zgartiradi
• PUSHD – joriy katalogni saqlaydi, so‘ngra uni o‘zgartiradi
• RD – katalog (papka)ni o‘chiradi
• RECOVER – yomon yoki shikastlangan diskdan o‘qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tiklaydi
• REM – paketli fayllarga yoki config.sys fayliga izohlarni yozadi
• REN – fayllarni qayta nomlaydi
• RENAME – fayllarni qayta nomlaydi
• REPLACE – fayllarni o‘rniga-o‘rin almashtiradi
• RMDIR – katalog (papka)ni o‘chiradi
• ROBOCOPY – fayllarni va papka daraxtlarini nusxalash uchun yaxshilangan xizmatchi dastur

👉🏻 Ushbu maqolaning 3-qismi

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →