Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (3-qism) 🛠
🔼 Ushbu postning 1-qismi | 2-qismi
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10 Home (Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и компоненты) interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и группы)ni boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание) parametrlarini sozlash oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan tiklanish nuqtalari (точки восстановления), tizimning tezkor ishlash parametrlari (параметры быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun mo‘ljallangan Параметры системы oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish oynasi (Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini ishga tushirish.
3️⃣. Windows 10'ning tizimli papkalarini tezkor ochish uchun buyruqlar:
❗️
Ushbu buyruqlar qo‘shtirnoqlarsiz kiritiladi.
• “\” — bevosita (C:) diskiga o‘tish.• “
.” — Joriy foydalanuvchining papkasini ochish (C:\Users\Foydalanuvchi_nomi).• “
..” — “Foydalanuvchilar” (“Пользователи”, “Users”) papkasini ochish.• “
%temp%” — Vaqtinchalik fayllar papkasi (Temp)ni ochish.• “
%appdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Roaming papkasini ochish.• “
%localappdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Local papkasini ochish.• “
%systemroot%” — C:\Windows papkasini ochish.• “
%programdata%” — C:\ProgramData papkasini ochish.ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija