TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.51K subscribers
Post #17324 2.33K
#LUWO #EdTech #Tech #Memorandum

LUWO BILAN HAMKORLIK: RAQAMLI TA’LIM SARI YANGI QADAM

🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda LUWO EdTech platformasini o‘quvchilar orasida joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Dastlab, 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida platformaning sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, unda algoritmik fikrlash va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv topshiriqlar amaliyotda sinab ko‘rildi.

🤝 Sinov mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda platformaning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari ijobiy baholangach, LUWO platformasini maktab o‘quvchilari orasida kengroq joriy etish bo‘yicha keyingi bosqichga o‘tildi. Shu munosabat bilan maktab va LUWO o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Mazkur memorandum doirasida o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalari, algoritmik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy EdTech yechimlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ushbu hamkorlik o‘quvchilar uchun zamonaviy raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 👍 16
  • ❤ 10
  • 🔥 7
More from @ictschooluz
  1. Oct 9, 2026#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik «OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAM…
  2. Oct 9, 2026#OnaTili #Insho #AdabiyIjodiyTanlov ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM VA IFTIXORIM! 📚 Ko‘hna ta…
  3. Oct 8, 2026#Harvard #Admissions #Education GARVARDGA YO‘L: QABUL JARAYONI, TALABLAR VA IMKONIYATLAR �…
  4. Oct 7, 2026#SAT #MockExam SAT MOCK IMTIXONIGA 1 KUN QOLDI! 🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisosla…
  5. Oct 7, 2026#IJCO #IJCOGF2026 #CyberSecurity #MaktabYutuqlari #STEAM KIBERXAVFSIZLIK OLIMPIADASIDA KUM…
  6. Oct 7, 2026O‘ZBEK KELAYOTIR — TARIX QA’RIDAN! Ajdodlardan faxr — qalbimizda, Vatan mehri — yuragimizd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →