TGViewer
Channel Public Channel
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

@ictschooluz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmischool.uz
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.me/AlKharazmi_math
Subscribers
8.64K
Photos
12.4K
Videos
901
Links
3.8K
Recent Posts 19 shown
Post #17271 1.5K
#rassomchilik #Ijod #togarak

TASVIRIY SAN'AT TO‘GARAGIGA TAKLIF QILAMIZ!


🖼 Rasm chizishga qiziqadigan, tasavvurini ranglar va obrazlar orqali ifodalashni istaydigan o‘quvchilarni Tasviriy san'at to‘garagiga taklif qilamiz. To‘garak mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar turli tasviriy san’at texnikalari bilan tanishib, rasm chizish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kompozitsiya va ranglar uyg‘unligini tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🎨 Mashg‘ulotlar tasviriy san'at o'qituvchisi Isakulova Ma'mura tomonidan tashkil etilib, har bir ishtirokchining qiziqishi va individual yondashuviga alohida e’tibor qaratiladi. Bu to‘garak nafaqat rassomchilik mahoratini rivojlantirish, balki kuzatuvchanlik, tasavvur va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🗓 Mashg‘ulotlar seshanba va juma kunlari soat 15:00 da, 106-xonada bo‘lib o‘tadi. Rasm chizishga qiziqadigan o‘quvchilarni to‘garakka qo‘shilib, o‘z iste’dodini rivojlantirish, yangi ijodiy uslublarni o‘rganish va o‘z g‘oyalarini san’at orqali ifodalashga chorlaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤‍🔥 14
  • 👍 6
  • 🔥 5
  • ❤ 1
  • 🐳 1
Post #17270 1.39K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #17269 2.05K
#MilliySertifikat #OnaTili #Adabiyot

ORZUINGIZDAGI NATIJANI BIZ BILAN BIRGA QO‘LGA KIRITING!

✏️ Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihonida yuqori natijaga erishishni maqsad qilgan o‘quvchilar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining tajribali o‘qituvchilari tomonidan “Milliy sertifikat”ga tayyorgarlik to‘garagi o‘z faoliyatini boshlaydi.

📚 Mashg‘ulotlar davomida grammatika qoidalarini chuqur o‘zlashtirish, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini tahlil qilish, fikrni mantiqiy va ravon ifodalash hamda talablar asosida esse yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, test va yozma topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

🗓 Mashg‘ulotlar jadvali:
➖ Dushanba — chuqurlashtirilgan grammatika
➖ Chorshanba — ilmiy va badiiy matnlar tahlili
➖ Juma — esse yozish ko‘nikmalari

📍 Mashg‘ulotlar soat 15:00 da 316-xonada bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun 317-xonaga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘ting va Milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 6
  • 👏 2
  • 💋 2
  • 🔥 1
  • 🏆 1
Post #17268 2.08K
#MaktabRadiosi #YangiMavsum #MaktabHayoti

“MA’NAVIYAT RADIOSI” NOTIQLARNI CHORLAYDI!

📻 “Ma’naviyat radiosi” yangi mavsumni yangi ovozlar bilan boshlaydi! Maktab hayotidagi muhim yangiliklar, qiziqarli ma’lumotlar va foydali mavzularni tinglovchilarga yetkazish uchun ravon so‘zlay oladigan, ijodkor va faol o‘quvchilarni jamoamizga taklif qilamiz.

🎙 Boshlovchilikka nomzodlardan talab etiladi:
➖ O‘zbek tilida ravon, aniq va ta’sirchan so‘zlay olish;
➖ Matn ustida ishlash va tinglovchilar e’tiborini jalb eta olish;
➖ Kitobxonlikka qiziqish va keng dunyoqarash;
➖ Jamoada ishlash va mas’uliyatni his qilish.

📌 Maktabimizning barcha faol, zukko va iqtidorli o‘quvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun 302-xonaga murojaat qilish lozim. Saralash bosqichi 2-oktyabr kuni soat 15:00 da 317-xonada bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar “Ma’naviyat radiosi” jamoasiga qo‘shilib, o‘z ijodiy g‘oyalari va notiqlik mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 🔥 8
  • 👏 4
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #17267 2.59K
#Voleybol #Final #Natijalar #teachers_cup

🏆AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP | FINAL

Yarim finallarda ishonchli harakat qilib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan final bahsida “Adabiyot” va “Aniq fanlar” jamoalari ajoyib hamda murosasiz bahs namoyish etishdi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda “Aniq fanlar” jamoasi g‘alaba qozonib turnirda chempionlikni qo'lga kiritishdi!

📊O‘yin hisobi: “Adabiyot” 11 : 15 “Aniq fanlar”

“Aniq fanlar” jamoasini chempionlik bilan tabriklaymiz!
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • 🔥 19
  • ❤ 16
  • 👏 9
  • 🏆 6
Post #17266 2.37K
#Voleybol #Final #teachers_cup

🏆AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP | FINAL!

Mana, nihoyat hamma intiqlik bilan kutgan hal qiluvchi lahzalar yetib keldi! Bosh kubok uchun kurashda turnirning eng kuchli ikki jamoasi to‘qnash kelmoqda: 

🔵 ADABIYOT 🆚 ANIQ FANLAR ⚪️

Bir tomonda — so‘z va tafakkur. Ikkinchi tomonda — mantiq va hisob-kitob. Bugun turnirning mutlaq chempioni aniqlanadi! Har ikki jamoa ham bu kungacha munosib yo‘lni bosib o‘tdi, final esa chinakam sensatsiyalarga boy bo‘lishi aniq.

Jamoalarga finalda omad tilaymiz!
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • ❤ 13
  • 🔥 9
  • 👏 6
  • 🍓 2
Post #17265 2.12K
#Voleybol #Natijalar #teachers_cup

🏆AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP | 3-O'RIN UCHUN BAHS

Yarim finallarda biroz omad yetishmagan jamoalar 3-o'rin uchun bahsda o'zaro to'qnash kelishdi. “Xorijiy tillar 1” va “Xorijiy tillar 2” jamoalari o'rtasida murosasiz kechgan uchrashuvda “Xorijiy tillar 1” jamoasi g‘alaba qozonib 3-o'rinni egalladi!

📊O‘yin hisobi: “Xorijiy tillar 1” 15 : 9 “Xorijiy tillar 2”

Maydondagi chiroyli o‘yin, jamoaviy ruh va ko‘tarinki kayfiyat uchun barcha ustozlarimizga tashakkur! “Xorijiy tillar 1” jamoasini esa 3-o'rin bilan tabriklaymiz!
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • 👏 3
  • 🏆 1
  • 💋 1
Post #17264 2.35K
#Voleybol #Natijalar #teachers_cup

🏆AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP | O‘YIN NATIJASI

Turnir doirasidagi navbatdagi yarim final bahsida esa “Adabiyot” va “Xorijiy tillar 1” jamoalari to'qnash keldilar. Murosasiz kechgan uchrashuvda “Adabiyot” jamoasi g‘alaba qozondi!

📊O‘yin hisobi: “Adabiyot” 15 : 5 “Xorijiy tillar 1”

Maydondagi chiroyli o‘yin, jamoaviy ruh va ko‘tarinki kayfiyat uchun barcha ustozlarimizga tashakkur! G‘olib jamoani chin dildan tabriklaymiz!
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • ❤ 10
  • 👏 6
  • 🔥 4
  • 🏆 1
  • 💋 1
Post #17263 2.23K
#Voleybol #Natijalar #teachers_cup

🏆AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP | O‘YIN NATIJASI

Turnir doirasidagi dastlabki yarim final bahsida “Xorijiy tillar 2” va “Aniq fanlar” jamoalari maydonda o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda “Aniq fanlar” jamoasi 15 hisobida g‘alaba qozondi!

📊O‘yin hisobi: “Xorijiy tillar 2” 9 : 15 “Aniq fanlar”

Maydondagi chiroyli o‘yin, jamoaviy ruh va ko‘tarinki kayfiyat uchun barcha ustozlarimizga tashakkur! G‘olib jamoani chin dildan tabriklaymiz!
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • ❤ 15
  • 🔥 8
  • 👏 4
  • 😍 1
  • 💋 1
Post #17262 1.96K
#voleybol #teachers_cup

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ayol pedagog xodimlar o‘rtasida “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasi o‘tkaziladi va musobaqa oldidan unda ishtirok etayotgan jamoalar bilan tanishib chiqamiz.

Bugun sizga “Xorijiy tillar 2” jamoasi tarkibini taqdim etamiz.

Ushbu sport musobaqasi ayol ustozlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga qaratilgan.

Barcha jamoalarga omad, yuqori kayfiyat va murosasiz bahslarda munosib natijalar tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 17
  • 🔥 11
  • 👏 3
  • 💋 2
Post #17261 1.98K
#voleybol #teachers_cup

⚡️ “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasida ishtirok etadigan ayol pedagoglar jamoalari bilan tanishamiz. Musobaqa 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etiladi.

“Aniq fanlar” jamoasi tarkibini yuqoridagi suratda ko‘rishingiz mumkin.

Musobaqa sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviylik hamda birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Barcha jamoalarga qizg‘in bahslarda omad, kuch-g‘ayrat va munosib natijalar tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 16
  • 🔥 9
  • 🐳 5
  • 👏 1
  • 🆒 1
Post #17260 1.91K
#voleybol #teachers_cup

⭐️ 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ayol pedagog xodimlar o‘rtasida “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasi tashkil etiladi. Turnir oldidan maydonga tushadigan jamoalar tarkibi bilan tanishib oling.

“Adabiyot” jamoasi tarkibini e’tiboringizga havola etamiz.

Ushbu sport musobaqasi jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ayol ustozlar o‘rtasida hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat, yuqori kayfiyat va yorqin sport lahzalarini tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 🔥 18
  • ❤ 11
  • 👏 6
  • 😁 5
  • 👍 2
Post #17259 2.22K
#voleybol #teachers_cup

✨ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ayol pedagog xodimlar o‘rtasida “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasi o‘tkaziladi. Musobaqa oldidan unda ishtirok etuvchi jamoalar bilan tanishib chiqamiz.

“Xorijiy tillar 1” jamoasi tarkibi bilan tanishing!

Mazkur musobaqa ayol ustozlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.

Barcha jamoalarga omad, ko‘tarinki kayfiyat va qizg‘in bahslarda munosib natijalar tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 19
  • 👏 5
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🤗 2
Post #17257 2.83K
🎓 GARVARDGA YO‘L: QABUL JARAYONI, TALABLAR VA IMKONIYATLAR

Ushbu ochiq sessiya ishtirokchilarga Garvard Graduate School of Education qabul bo‘limining katta assotsiatsiyalashgan direktori Stanislav Rivkindan qabul jarayoni haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatini taqdim etadi.

Tadbir davomida qabul komissiyalari nomzodlarni qanday baholashi hamda arizani izchil, ishonchli va o‘ziga xos tarzda shakllantirish masalalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar akademik tayyorgarlik, intellektual qiziqish, shaxsiy tajriba va kelajakdagi maqsadlarni yaxlit va mazmunli ariza doirasida qanday uyg‘unlashtirish mumkinligini bilib oladilar. Shuningdek, nomzodlar o‘z salohiyatini qanday namoyon etishi va universitetga hujjat topshirish jarayoniga yanada aniq maqsad va tushuncha bilan yondashishi haqida ham so‘z yuritiladi.


🗓 Sana: 30-sentyabr
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Faollar zali

⛓Roʻyxatdan oʻting hamda oʻz joyingizni band qiling:
https://al-khwarizmischool.uz/maktab-tadbirlari/garvard

🌐 Tadbir xalqaro ta’lim, nufuzli universitetlarga qabul jarayoni va kelajakdagi akademik imkoniyatlarga qiziqadigan barcha ishtirokchilar uchun ochiq.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 23
  • 🔥 7
  • 👏 5
  • ❤‍🔥 2
  • 🙏 2
Post #17255 2.69K
#AlKhwarizmi #TeachersCup #SportKuni #KasbBayrami

🇺🇿 Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish, aholi, xususan, turli vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Sport kunlari” tashkil etilmoqda.

🏆Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim muassasamiz pedagoglari o‘rtasida “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning asosiy maqsadlari:
➖ pedagoglar o‘rtasida jamoaviy ruh, o‘zaro hamkorlik va birdamlikni yanada kuchaytirish;
➖ sport bilan muntazam shug‘ullanishni rag‘batlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
➖  kasb bayramini yuqori kayfiyat, faol ishtirok va sport shukuhi bilan qarshi olish.

Musobaqa,
🗓 26-sentyabr kuni soat 09:30 da
📍 Maktab sport zalida start oladi.
⚡️ Barcha jamoalarga omad tilaymiz va ustozlarni qo‘llab-quvvatlashga taklif etamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 👍 12
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 4
  • 👏 2
  • 💯 1
Post #17254 2.7K
#SAT #SATMath #SATPreparation

SAT MATH — YUQORI NATIJALAR SARI!


📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning matematika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro SAT imtihoniga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bepul SAT Math to‘garagi tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning matematik tafakkuri rivojlantirilib, SAT imtihonida uchraydigan masalalarni tez, aniq va samarali yechish ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘quvchilar SAT Math formatidagi topshiriqlar bilan ishlab, imtihon strategiyalari va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash usullarini o‘rganadilar.

📚 To‘garak mashg‘ulotlari tajribali ustoz Qurbonov MirzoUlug‘bek tomonidan olib boriladi. Darslarda Algebra, Advanced Math, Problem-Solving and Data Analysis, Geometriya va Trigonometriya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

🔗 Mashg‘ulotlar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 15:00da bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun havola orqali murojaat qiling.

Matematik bilimlaringizni mustahkamlang, SAT natijangizni yaxshilang va xalqaro ta’lim imkoniyatlari sari dadil qadam tashlang!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 17
  • 👍 14
  • 🔥 10
  • ❤‍🔥 3
  • 💋 1
Post #17252 3.03K
#Tarix #Olimpiada

TARIX BILIMDONLARI, SIZNI OLIMPIADAGA CHORLAYMIZ!

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun tarix fanidan olimpiada o‘tkaziladi! Turli davrlar, tarixiy voqealar, muhim sanalar va buyuk sivilizatsiyalar haqidagi bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, tarixiy tafakkuringizni namoyon etish vaqti keldi!

🧭 Tarixni o‘rganish — shunchaki sanalarni yodlash emas, balki o‘tmishdagi voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish va voqealarga xolis baho bera olish demakdir. Agar tarixiy manbalar, davlatlar va sivilizatsiyalar sizni qiziqtirsa, ushbu olimpiada o‘z bilimlaringizni sinash uchun munosib maydon bo‘ladi.

🗓 Olimpiada 25-sentyabr kuni soat 15:00 da 330-xonada bo‘lib o‘tadi.

⚔️ O‘tmish sahifalarini varaqlang, tarixiy bilimlaringizni ishga soling va o‘z salohiyatingizni namoyon eting! Barcha ishtirokchilarni tarix maydonida kutib qolamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 🔥 9
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🍓 2
  • 💋 1
Post #17242 3.77K
#Informatika #FanOlimpiadasi #AlXorazmiyMaktabi #MaktabBosqichi #Olimpiada #Dasturlash #Algoritm #ITMaktab #IqtidorliYoshlar #Talim

💻 INFORMATIKA FAN OLIMPIADASI – MAKTAB BOSQICHI 🏆

O‘quvchilarning informatika faniga bo‘lgan qiziqishi, bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fani bo‘yicha fan olimpiadasining maktab bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. 💻🧠

Olimpiadaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni informatika faniga qiziqtirish, ularning algoritmik va mantiqiy fikrlash, tahlil qilish hamda muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. 💡


📝 Olimpiada davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, murakkab va qiziqarli masalalarni yechish hamda algoritmik topshiriqlarni bajarish orqali o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

⚡️ Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz!

🥇🥈🥉 G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etib, keyingi shahar bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👏
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 10
  • 👏 4
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 3
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ictschooluz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi have?
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi (@ictschooluz) has 8.64K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →