#rassomchilik #Ijod #togarak
TASVIRIY SAN'AT TO‘GARAGIGA TAKLIF QILAMIZ!
🖼 Rasm chizishga qiziqadigan, tasavvurini ranglar va obrazlar orqali ifodalashni istaydigan o‘quvchilarni Tasviriy san'at to‘garagiga taklif qilamiz. To‘garak mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar turli tasviriy san’at texnikalari bilan tanishib, rasm chizish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kompozitsiya va ranglar uyg‘unligini tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🎨 Mashg‘ulotlar tasviriy san'at o'qituvchisi Isakulova Ma'mura tomonidan tashkil etilib, har bir ishtirokchining qiziqishi va individual yondashuviga alohida e’tibor qaratiladi. Bu to‘garak nafaqat rassomchilik mahoratini rivojlantirish, balki kuzatuvchanlik, tasavvur va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🗓 Mashg‘ulotlar seshanba va juma kunlari soat 15:00 da, 106-xonada bo‘lib o‘tadi. Rasm chizishga qiziqadigan o‘quvchilarni to‘garakka qo‘shilib, o‘z iste’dodini rivojlantirish, yangi ijodiy uslublarni o‘rganish va o‘z g‘oyalarini san’at orqali ifodalashga chorlaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17271
1.78K

- ❤🔥 15
- 👍 7
- 🔥 6
- ❤ 2
- 🐳 1