#AlKhwarizmi #TeachersCup #SportKuni #KasbBayrami
🇺🇿 Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish, aholi, xususan, turli vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Sport kunlari” tashkil etilmoqda.
🏆Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim muassasamiz pedagoglari o‘rtasida “AL-KHWARIZMI TEACHERS CUP” voleybol musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning asosiy maqsadlari:
➖ pedagoglar o‘rtasida jamoaviy ruh, o‘zaro hamkorlik va birdamlikni yanada kuchaytirish;
➖ sport bilan muntazam shug‘ullanishni rag‘batlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
➖ kasb bayramini yuqori kayfiyat, faol ishtirok va sport shukuhi bilan qarshi olish.
Musobaqa,
🗓 26-sentyabr kuni soat 09:30 da
📍 Maktab sport zalida start oladi.
⚡️ Barcha jamoalarga omad tilaymiz va ustozlarni qo‘llab-quvvatlashga taklif etamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17255
2.86K

- 👍 12
- ❤🔥 4
- 🔥 4
- 👏 2
- 💯 1