TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.58K subscribers
Post #17274 2.48K
#UstozVaMurabbiylarKuni #BayramTadbiri

USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA

🇺🇿 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

💫 Tadbir davomida Drama to‘garagi ishtirokchilari tomonidan ustoz va murabbiylarni madh etuvchi she’rlar, dilbar qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Ayniqsa, “Zumrad va Qimmat” ertagining zamonaviy talqindagi sahna ko‘rinishi tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

💐 Tadbirda maktab rahbari F.B. Ismailov so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning sharafli va mas’uliyatli mehnatiga yuksak ehtirom bildirdi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan maktab jamoasidagi barcha ustoz va xodimlarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

👨‍🏫 Ustoz — qalblarga ziyo, kelajakka yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk siymo. Ularning zahmatli va sharafli mehnati har qanday e’tirofga munosibdir! Maktab ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 30
  • 👏 8
  • 🔥 5
  • 🙏 2
  • 🏆 1
More from @ictschooluz
  1. Oct 3, 2026#IB #MYP #InternationalEducation IB MYP DASTURI DOIRASIDA NAVBATDAGI TASHRIF 🌐 Muhammad a…
  2. Oct 3, 2026#UstozVaMurabbiylarKuni #UstozgaEhtirom USTOZLARGA YUKSAK EHTIROM 🇺🇿 O‘qituvchi va murab…
  3. Oct 2, 2026#APCalculusBC #Mathematics AP CALCULUS BC 🧮 An AP Calculus BC after-school class will be…
  4. Oct 2, 2026#MuhammadAlXorazmiyMaktabi #XalqTalimiFidoyisi #UstozgaEhtirom 🏅E’TIROF — MEHNAT VA FIDOY…
  5. Oct 2, 2026#UstozVaMurabbiylarKuni #BayramTadbiri USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA 🎞 Bugun Muhammad…
  6. Oct 1, 2026#Chempion #FilmPremyerasi “CHEMPION” FILMI PREMYERASIDA 🎥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →