TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.54K subscribers
Post #17312 2.76K
#IB #MYP #InternationalEducation

IB MYP DASTURI DOIRASIDA NAVBATDAGI TASHRIF

🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 2-oktabr kuni International Baccalaureate (IB) tashkiloti vakili, tashqi aloqalar menejeri Aaron Boles tashrif buyurdi. Mazkur tashrif maktabning 2025-yil mart oyida IB MYP dasturi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyingi faoliyatni o‘rganish va rivojlanish jarayonini monitoring qilish doirasida tashkil etildi.

📚 Tashrif davomida maktabdagi ta’lim va baholash tizimi, o‘quvchilarning loyihaviy faoliyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qo‘shimcha to‘garak va mashg‘ulotlar bilan tanishildi. Shuningdek, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda maktabda yaratilgan ta’limiy imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

✨ Tashrif yakunida maktabdagi ta’lim va baholash tizimi, o‘quvchilar loyihalari hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlari yuqori baholandi. Mazkur tashrif IB MYP dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni izchil rivojlantirish, mavjud tajribalarni yanada takomillashtirish va o‘quvchilar uchun xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim jarayonlardan biri bo‘ldi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 16
  • 🔥 9
  • 👍 3
  • 🥰 2
  • 👏 1
More from @ictschooluz
  1. Oct 7, 2026#SAT #MockExam SAT MOCK IMTIXONIGA 1 KUN QOLDI! 🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisosla…
  2. Oct 7, 2026#IJCO #IJCOGF2026 #CyberSecurity #MaktabYutuqlari #STEAM KIBERXAVFSIZLIK OLIMPIADASIDA KUM…
  3. Oct 7, 2026O‘ZBEK KELAYOTIR — TARIX QA’RIDAN! Ajdodlardan faxr — qalbimizda, Vatan mehri — yuragimizd…
  4. Oct 6, 2026#SoglomTurmushTarzi #OgizBoshligiGigiyenasi TISHLAR SALOMATLIGI — SOG‘LOM HAYOT GAROVI! 🦷…
  5. Oct 6, 2026#LUWO #EdTech #Tech #Memorandum LUWO BILAN HAMKORLIK: RAQAMLI TA’LIM SARI YANGI QADAM 🖥 M…
  6. Oct 5, 2026#Futbol #Sport #Final FUTBOL MUSOBAQASIDA FINAL UCHRASHUVI ⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidag…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →