#Futbol #Sport #Final
FUTBOL MUSOBAQASIDA FINAL UCHRASHUVI
⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqasi o‘zining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldi. Musobaqa davomida munosib natijalarni qayd etgan 9-03 va 10-06-sinf jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, chempionlik uchun bahs olib boradi.
🏆 5-oktabr kuni soat 15:30 da maktab stadionida 9-03 va 10-06-sinflari o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikki jamoa musobaqaning bosh sovrini va chempionlik unvoni uchun o‘zaro kuch sinashadi. Final bahsini maktab stadionida tomosha qilish bilan birga, uchrashuvni ushbu havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham mavjud.
⚡️ Barcha o‘quvchilar va futbol muxlislarini ushbu muhim bahsni kuzatib, finalchilarni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz. Jamoalarga omad, chiroyli va murosasiz kurashlarga boy final tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17323
1.53K

- 🔥 11
- ⚡ 6
- ❤ 4