#MuhammadAlXorazmiyMaktabi #XalqTalimiFidoyisi #UstozgaEhtirom
🏅E’TIROF — MEHNAT VA FIDOYILIK SAMARASI!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning rus tili fani o‘qituvchisi Aripdjanova Muhayyo Kamilovna ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🌷
Muhayyo Kamilovnaga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Ustozning mehnati — kelajak avlod kamoliga qo‘shgan bebaho hissadir! ✨
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17309
2.84K

- ❤ 54
- 🤗 11
- 🤩 5
- 🎉 3
- 🏆 1