#Harvard #Admissions #Education
GARVARDGA YO‘L: QABUL JARAYONI, TALABLAR VA IMKONIYATLAR
🎤 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8–11-sinf o‘quvchilari uchun Garvard universitetiga qabul jarayoniga bag‘ishlangan ochiq sessiya bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Garvard Graduate School of Education qabul bo‘limining katta assotsiatsiyalashgan direktori Stanislav Rivkin ishtirok etib, xalqaro universitetlarga hujjat topshirish jarayoni haqida o‘quvchilarga muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.
💬 Tadbir davomida qabul komissiyalari nomzodlarni qanday baholashi, arizani mazmunli va izchil shakllantirish, akademik tayyorgarlik, intellektual qiziqish, shaxsiy tajriba hamda kelajakdagi maqsadlarni arizada aks ettirish kabi mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchilar universitetga hujjat topshirish jarayonida o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri namoyon etish va akademik maqsadlarini aniq belgilash bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar.
☄️ 8–11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan ushbu uchrashuv xalqaro ta’lim imkoniyatlari, xorijiy universitetlarga qabul jarayoni va kelajakdagi akademik rejalar haqida qo‘shimcha tasavvur hosil qilishga xizmat qildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish hamda Garvarddagi ta’lim va qabul jarayoni haqida bevosita mutaxassisdan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17341
1.16K










- ❤ 13
- 🔥 7
- 👍 6
- 🕊 1