TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.53K subscribers
Post #17339 1.65K
#IJCO #IJCOGF2026 #CyberSecurity #MaktabYutuqlari #STEAM

KIBERXAVFSIZLIK OLIMPIADASIDA KUMUSH MEDAL

🥈 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-03-sinf o‘quvchisi Sidikov Hamidulloh yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazuvchi International Junior Cybersecurity Olympiad (IJCO) musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur natija orqali Hamidulloh ushbu olimpiadaning eng yuqori bosqichi — Global Finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌐 Global Final — turli davlatlardan saralangan eng kuchli yosh ishtirokchilar ishtirok etadigan xalqaro bosqich bo‘lib, unda qatnashchilar kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini amaliy topshiriqlar orqali namoyon etadilar. Musobaqa Capture-the-Flag (CTF) formatida tashkil etiladi. Bu formatda ishtirokchilar turli kiberxavfsizlik vazifalarini bajarib, maxsus bayroqlarni topish orqali ball to‘playdilar.

💫 Sidikov Hamidullohni ushbu munosib natija bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Uning kiberxavfsizlik sohasidagi izlanishlari, bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borayotgani e’tirofga loyiq. IJCO Global Final bosqichida ham Hamidullohga o‘z bilim va salohiyatini munosib namoyon etib, yuqori natijalarga erishishini tilaymiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 👍 23
  • ❤ 9
  • 👏 3
  • 🤩 2
  • 🔥 1
More from @ictschooluz
  1. Oct 9, 2026#OnaTili #Insho #AdabiyIjodiyTanlov ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM VA IFTIXORIM! 📚 Ko‘hna ta…
  2. Oct 8, 2026#Harvard #Admissions #Education GARVARDGA YO‘L: QABUL JARAYONI, TALABLAR VA IMKONIYATLAR �…
  3. Oct 7, 2026#SAT #MockExam SAT MOCK IMTIXONIGA 1 KUN QOLDI! 🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisosla…
  4. Oct 7, 2026O‘ZBEK KELAYOTIR — TARIX QA’RIDAN! Ajdodlardan faxr — qalbimizda, Vatan mehri — yuragimizd…
  5. Oct 6, 2026#SoglomTurmushTarzi #OgizBoshligiGigiyenasi TISHLAR SALOMATLIGI — SOG‘LOM HAYOT GAROVI! 🦷…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →