TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.51K subscribers
Post #17351 1.6K
#OnaTili #Insho #AdabiyIjodiyTanlov

ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM VA IFTIXORIM!

📚 Ko‘hna tarix sahifalaridan so‘z olgan, ajdodlarimizdan bizgacha muqaddas omonat bo‘lib yetib kelgan ona tilimiz — millatimizning ruhi va milliy o‘zligimiz timsolidir. Inson o‘zligini, qalbidagi tuyg‘ularini va Vatanga bo‘lgan mehrini avvalo ona tili orqali ifoda etadi. Tilimizning boyligi va betakrorligini ulug‘lash, yosh avlodning ijodiy salohiyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida adabiy-ijodiy insholar tanlovi o‘tkaziladi.

✍️ Tanlov ishtirokchilari ona tilining milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rni, uning boyligi va betakrorligi, tilni asrab-avaylash hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyat kabi mavzularni o‘zlarining teran fikrlari, samimiy tuyg‘ulari va ijodiy yondashuvlari orqali yoritishlari mumkin. Ishtirok etishni istagan o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlarini ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga taqdim etishlari mumkin.

🥇 Eng mazmunli, savodli va yorqin ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan saralanadi, g‘oliblar esa munosib taqdirlanadilar. Tilimizni asraylik, qadrlaylik va uni kelajak avlodga munosib yetkazaylik! Barcha ijodkor o‘quvchilarga ilhom, yangi g‘oyalar va zafarlar tilaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • 👍 9
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 🙏 2
More from @ictschooluz
  1. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  2. Oct 9, 2026#ovoz #IntellektualMaruza #Notiqlik «OVOZ» INTELLEKTUAL MA’RUZALAR LOYIHASIGA TAKLIF QILAM…
  3. Oct 8, 2026#Harvard #Admissions #Education GARVARDGA YO‘L: QABUL JARAYONI, TALABLAR VA IMKONIYATLAR �…
  4. Oct 7, 2026#SAT #MockExam SAT MOCK IMTIXONIGA 1 KUN QOLDI! 🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisosla…
  5. Oct 7, 2026#IJCO #IJCOGF2026 #CyberSecurity #MaktabYutuqlari #STEAM KIBERXAVFSIZLIK OLIMPIADASIDA KUM…
  6. Oct 7, 2026O‘ZBEK KELAYOTIR — TARIX QA’RIDAN! Ajdodlardan faxr — qalbimizda, Vatan mehri — yuragimizd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →