O‘ZBEK KELAYOTIR — TARIX QA’RIDAN!
Ajdodlardan faxr — qalbimizda,
Vatan mehri — yuragimizda,
Yurt ravnaqi — ezgu maqsadimizda,
O‘zbek kelayotir — tarix qa’ridan!
🇺🇿Tarix — bu shunchaki o‘tmish sahifalari emas, u bizning kimligimiz, tomirimizdagi milliy qonimiz va o‘chmas g‘ururimizdir.
Biz — mardlik va jasorat, ilm-ma’rifat, bunyodkorlik hamda Vatanga sadoqatni muqaddas bilgan buyuk ajdodlarning davomchilarimiz. Shunday ulug‘ elning farzandi ekanimizdan haqli ravishda faxrlanamiz! Biroq o‘tmish bilan faxrlanishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Asl sharaf — ulug‘ ajdodlarimizning nomiga munosib hayot kechirish, ularning ezgu an’analarini qadrlab, boy merosini kelajak avlodlarga yetkazishdir.
Aziz yoshlar! Vatanimiz ravnaqi yo‘lida har birimiz mas’ulmiz. Ilm cho‘qqilarini zabt etaylik, tinimsiz izlanaylik, yurtimiz obodligi uchun bunyodkor bo‘laylik! Ona yurtimizni jon-dilimizdan sevib, uning ertangi kuni uchun sidqidildan xizmat qilaylik. Shundagina ajdodlarimizga munosib voris, kelajak avlodlarga esa yaxshi ibrat bo‘la olamiz. Unutmaylik: bugun biz tarixni o‘rganayotgan avlod bo‘lsak, ertaga tarix bizning qanday inson bo‘lganimiz haqida so‘zlaydi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17338
1.92K