#Chempion #FilmPremyerasi
“CHEMPION” FILMI PREMYERASIDA
🎥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari o‘zbek kinosining yangi kartinalaridan biri — “Chempion” filmi premyerasida ishtirok etdilar. Alisher Uzoqov tomonidan suratga olingan film bolalar futboli, orzu va maqsad sari intilish haqida hikoya qiladi. Unda o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lida izchil harakat qilish g‘oyalariga alohida e’tibor qaratilgan.
⚽️ Premyera o‘quvchilar uchun qiziqarli va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Film namoyishiga tashrif buyurgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari ham topshirilib, tadbir yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘quvchilar filmni katta qiziqish bilan tomosha qilib, namoyish yakunida yuqori kayfiyat va iliq taassurotlar bilan qaytdilar.
🌟 O‘quvchilar kartinaga ijobiy baho berib, unda aks etgan maqsad sari intilish, qiyinchiliklarga qaramay harakat qilish va o‘z orzulariga erishish g‘oyalari ular uchun yaxshi namuna bo‘lganini ta’kidladilar. Bunday tadbirlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kino va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda hayotiy maqsadlari haqida mushohada yuritishiga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17288
2.78K










- ❤ 26
- 👏 12
- 👍 8
- ❤🔥 4
- 🔥 2