#SAT #SATMath #SATPreparation
SAT MATH — YUQORI NATIJALAR SARI!
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning matematika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro SAT imtihoniga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bepul SAT Math to‘garagi tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning matematik tafakkuri rivojlantirilib, SAT imtihonida uchraydigan masalalarni tez, aniq va samarali yechish ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘quvchilar SAT Math formatidagi topshiriqlar bilan ishlab, imtihon strategiyalari va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash usullarini o‘rganadilar.
📚 To‘garak mashg‘ulotlari tajribali ustoz Qurbonov MirzoUlug‘bek tomonidan olib boriladi. Darslarda Algebra, Advanced Math, Problem-Solving and Data Analysis, Geometriya va Trigonometriya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
🔗 Mashg‘ulotlar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 15:00da bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun havola orqali murojaat qiling.
Matematik bilimlaringizni mustahkamlang, SAT natijangizni yaxshilang va xalqaro ta’lim imkoniyatlari sari dadil qadam tashlang!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17254
3.39K

- ❤ 18
- 👍 14
- 🔥 10
- ❤🔥 2
- 💋 1