#OnaTili #Savodxonlik #DiktantTanlovi
«SAVODXONLIK — DAVR TALABI» DIKTANTLAR TANLOVI
📣 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va g‘ururimiz timsoli! 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda pedagoglar o‘rtasida «Savodxonlik kuni» diktantlar tanlovi tashkil etiladi.
✍️ Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, o‘qituvchilarning imloviy savodxonligi hamda yozma nutq madaniyatini mustahkamlash, shuningdek, yosh avlodga ona tiliga e’tibor borasida namuna ko‘rsatishdir.
🗓 Tanlov 17-oktabr kuni soat 12:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning D blokidagi sinfxonalarda o‘tkaziladi. Ishtirokchilardan o‘zlari bilan ruchka olib kelishlari so‘raladi.
📚 Barcha ustozlarni mazkur tanlovda faol qatnashib, savodxonlik va til madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ushbu tashabbusda ishtirok etishga taklif qilamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17426
1.04K

- ❤ 3
- 👍 2
- 🔥 2