#Sanoat_Qahramonlari
17-qahramon
100% mahalliylashtirilgan nasoslar — yangi eksport bozorlari sariMahalliylashtirish darajasi
100 foizga yetgan nasoslar, 350 dan ortiq mahsulot turi va tashqi bozorlarni kengaytirish maqsadi — Namangandagi korxonaning bugungi sanoat natijalari.
🇺🇿
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 17-qahramoni Namangan tumani Toshbuloq shaharchasida faoliyat yuritayotgan “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ rahbari Sobirjon Bekmirzayev.
🏭Bugungi kunda zavodda
350 turdan ortiq nasoslar hamda 500 turdan ortiq elektr yuritma jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Nasoslarning
mahalliylashtirish darajasi 100 foizni, elektr yuritma jihozlarida esa
60–70 foizni tashkil etadi.
🤝 Korxona tomonidan tuzilgan shartnomalar hajmi
80 milliard so‘mdan oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashqi bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda eksport hajmi
300 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.
🌍 Keyingi maqsad — Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bozorlaridagi ishtirokni kengaytirib,
yillik eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish.
Qahramonimiz ta’kidlaganidek, mustaqillik tadbirkor uchun —
erkin faoliyat yuritish, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va dunyo bozoriga mustaqil chiqish imkoniyati.
🎬
350+ turdagi nasos. 100% mahalliylashtirish. Keyingi marra — $1 mln eksport.Batafsil —
“Sanoat qahramonlari”ning 17-sonida.🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin